×

Huawei HMS App Innovation: dasturchilar uchun tanlovda ishtirok eting va 15000 AQSh dollariga ega bo’ling!


Grant

MUHLAT

30.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1974 marta

Mobil ilova yaratuvchi dasturchilar uchun yirik The Huawei HMS App Innovation Contest tanlovi e’lon qilindi. Ushbu tanlov barcha dasturichilar uchun uchun bo’lib, Huawei mobil qurilmalari uchun HMS Core yordamida yaratilgan eng yaxshi mobil ilovalar va eng iqtidorli dasturchilarni taqdirlaydi. Tanlov 5 mintaqada bo’lib o’tadi:

  1. Yevropa mintaqasi
  2. Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi
  3. O’rta Sharq va Afrika mintaqasi
  4. Lotin Amerikasi mintaqasi
  5. Xitoy

Grant kimlar uchun?

Mobil ilova dasturchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir mintaqada tanlov g’oliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

  • Eng yaxshi ilova uchun – 15000 AQSh dollari. 5 ta sovrin;
  • Eng yaxshi o’yin uchun – 15000 AQSh dollari. 3 ta sovrin;
  • Ijtimoiy ta’sirga ega eng yaxshi ilova uchun – 15000 AQSh dollari. 3 ta sovrin;
  • Eng mashhur ilova uchun – 5000 AQSh dollari. 1 ta sovrin;
  • E’tirofga sazovor ilovalar uchun (Honorable mention ) – 2500 AQSh dollari. 12 ta

Undan tashqari, g’oliblarga Huawei Cloud xizmatlaridan foydalanishda imtiyozlar taqdim etilishi va ularning ishlari Huawei mobil ilova galereyasida targ’ibot qilinishi mumkin.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  • Ishtirokchi 18 yoshdan kichik bo’lmasligi kerak.
  • Tanlovda 18 yoki undan katta yoshdagi, HUAWEI ID ga ega barcha dasturchilar ishtirok etishlari mumkin.
  • Huawei xodimlari va hamkorlari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.
  • Tanlovda yakka tartibda yoki jamoa sifatida ishtirok etish mumkin. Agar guruh sifatida ishtirok etsangiz, guruh ishtirokchilari soni 3 tadan oshmasligi va bir shaxs faqat bitta guruhga a’zo bo’lishi mumkin. Har bir guruhda yetakchi bo’lishi zarur. Barcha qoidalar

Ilova uchun texnik talablar:

  1. Har bir ilovada kamida bitta HMS Core kit bo’lishi va ilova HMS’da ishlaydigan barcha qurilmalarda to’liq ishlashi kerak.
  2. Ilovada muallifdan ruxsat olingan holda boshqa ishlab chiqaruvchilarning kodlari yoki omma uchun ochiq bo’lgan dasturlardan foydalanish mumkin.
  3. Tanlovga taqdim etilgan barcha ilovalar ZIP yoki RAR ko’rinishida jamlanishi va hajmi 200 MB dan oshmasligi shart.
  4. Ilovalarga HMS Core integratsiya qilingan bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 2020-yil 30avgustgacha bu yerda ariza berishingiz mumkin.

Ariza berishda quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  1. HUAWEI Developersda ro’yxatdan o’ting. Bunda HUAWEI ID kerak bo’ladi. Agar hali ID olmagan bo’lsangiz, shaxsingizni tasdiqlash orqali ID olishinigiz mumkin. HUAWEI Developers’da ro’yxatdan o’tishda, dasturchilar jamoasi yetakchilari “New Team” tugmasini, ma’lum jamoa a’zolari “Join Us” tugmasini bosishlari kerak.
  2. Yaratilgan Kasturi kiritib, HMS Core integratsiya qiling.
  3. Contest details sahifasida ilovani yuklab, ilova nomi, ID, izoh, APK faylni va ilovani tanishtiruvchi yo’riqnomani kiriting. Tanlovda guruh sifatida ishtirok etilganda, ariza guruh yetakchisining akkaunti orqali topshiriladi.

Ariza berilgach, saralab olingan bir qancha ilovalar 21-sentyabr va 4-oktyabr oralig’ida ommaga taqdim etiladi va ovozga qo’yiladi. Ilovalar omma tomonidan belgilangan reyting va necha marta yuklab olinganidan kelib chiqib baholanadi.

Saralash jarayoni

Tanlovga taqdim etilgan ilovalar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Ilovaning tijoriy imkoniyatlari.
  2. Dizayn, texnologiya va “user experience”.
  3. Ilovaning innovatsionligi.
  4. Ilovaning ijtimoiy qiymati.

Har bir hududda oktyabr oyida ichki final bosqichi bo’lib o’tadi va unda 20 ta eng yaxshi ilova saralab olinadi.

Ko’p so’raladigan savollar va ularga javoblar

Bog’lanish (sahifaning oxiriga qaralsin)

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!