×

Humankind After Covid-19: iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan original gʻoyalar tanlovi


Grant

MUHLAT

21.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1338 marta

The ARK kompaniyasi COVID-19 pandemiyasining jahon iqtisodiyotiga taʻsirini kamaytirish maqsadida HUMANKIND AFTER COVID-19 gʻoyalar tanlovi eʻlon qiladi. Nomzodlar yoshi, irqi, millati, yashash joyidan qat’iy nazar tanlovga ariza berishlari mumkin. Tanlovda ishtirokchilar yakka va toʻrt nafardan oshmagan guruh sifatida COVID-19 tarqalishidan zarar koʻrgan mintaqa, shahar yoki jamoa iqtisodiyotini jonlantirishga yordam beradigan vizual loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning maqsadi arxitektura, iqtisodiyot va atrof-muhit uygʻunligida pandemiya oqibatlarini aniqlaydigan va turli tashkilotlarga global iqtisodiyotni tiklash uchun ilhom bagʻishlaydigan original va uzoqni koʻzlovchi gʻoyalarni yaratishga qaratilgan.

Tanlov haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

  • Birinchi oʻrin – 1 500 funt sterling miqdoridagi pul mukofoti, xalqaro nashrlar, sertifikat, eksklyuziv intervyu va loyihani THE.ARK elektron kitobiga kiritish imkoniyati.
  • Ikkinchi oʻrin600 funt sterling miqdoridagi pul mukofoti, xalqaro nashrlar, sertifikatlar, eksklyuziv intervyu va loyihani THE.ARK elektron kitobiga kiritish imkoniyati.
  • Uchinchi oʻrin£ 400 funt sterling miqdoridagi pul mukofoti, xalqaro nashrlar, sertifikatlar, eksklyuziv intervyu va loyihani THE.ARK elektron kitobiga kiritish imkoniyati.
  • Yetti nafar ishtirokchiga – sertifikatlar va loyihani THE.ARK elektron kitobiga kiritish imkoniyati beriladi.
  • Tanlovda ishtirok etish uchun 2020-yil 20-maydan 6-iyulgacha ariza bergan nomzod/guruh 55 funt sterling, 7-21 iyul kunlari ariza bergan nomzodlar esa 65 funt sterling miqdoridagi toʻlovni amalga oshirishlari kerak.

Talablar:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Tanlov yoshi, millati, va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar barcha uchun ochiq.
  3. Tanlovda nomzodlar yakka va toʻrt nafardan oshmagan guruh sifatida ishtirok etishlari mumkin.
  4. Tanlovga COVID-19 tarqalishidan zarar koʻrgan mintaqa, shahar yoki jamoa iqtisodiyotini jonlantirishga yordam beradigan innovatsion loyihalar qabul qilinadi.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Batafsil

Hujjatlarga qoʻyilgan talablar:

  • Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak.
  • Fayl PDF formatida saqlanishi kerak va quyidagicha nomlanishi zarur: (teamID) _ (gʻoya ishlanmasining nomi) .pdf
  • Har bir sahifada TEAM ID raqami yozilgan boʻlishi kerak.
  • Loyihaga beriladigan izoh 800 soʻzdan oshmasligi kerak.
  • Barcha hujjatlar submit@theark.design elektron manzili orqali qabul qilinadi.
  • Hajmi 25 MB`dan katta fayllarni yuborish uchun WeTransfer`dan foydalanish mumkin. Batafsil maʼlumot shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar  2020-yil 21-iyulgacha bu yerda qabul qilinadi.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

E-mail: info@theark.design

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!