Hurford Youth Fellows dasturi dunyoning turli mamlakatlaridan demokratiya sohasida yetishib kelayotgan yosh yetakchilarga yoshlarning gʻayrat-shijoati va faolligini demokratik oʻzgarishlarga yoʻnaltirish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar, aloqalar va amaliy vositalarni taqdim qiladi.
Vashington shahrida toʻrt oy davomida dastur ishtirokchilari yangi gʻoyalar, tashabbuslar va innovatsion yechimlarni oʻrganadilar, boshqa mamlakatlardan kelgan faollar bilan oʻz tajribalari va olgan saboqlarini oʻrtoqlashadi hamda demokratiya yoʻlidagi global yoshlar harakatiga hissa qoʻshadi.
Dastur ishtirokchilari oʻz mamlakati yoki mintaqasidagi demokratiya bilan bogʻliq muayyan muammoni hamda uning yoshlarga taʼsirini oʻrganishga qaratilgan loyiha ustida ishlaydilar. Loyihalar demokratiyaning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy yoki madaniy jihatlarini qamrab olishi, turli tadqiqot usullari va innovatsion yondashuvlarga asoslanishi mumkin. Ular ariza topshiruvchilarning qiziqishlari va tegishli sohadagi bilim hamda tajribasini aks ettirishi lozim.
2027-yilgi dasturda ishtirokchilar quyidagi va boshqa mavzularda taqdimot oʻtkazadi:
- Building Bridges between Youth and Civil Society
- Technology and Democracy
Bu mavzular bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.
Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
Yosh demokratik faollar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan talabalarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:
- Yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya beriladi.
- Bazaviy tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
- Vashingtonga borish va qaytish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Istalgan davlat fuqarolari dasturga topshira oladi.
- 30 yoshdan oshmagan boʻlishi kerak.
- Oʻz jamiyatlari va dunyo boʻylab demokratiyani rivojlantirish hamda demokratik faollikka qiziqishi kerak. Fuqarolik jamiyati tashkilotilari bilan bogʻliq yoshlarga ariza topshirish alohida tavsiya qilinadi.
- Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak va ariza hamda boshqa hujjatlarning barchasi ingliz tilida topshirilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dastur uchun arizalar onlayn tarzda 2026-yilning 30-noyabriga qadar BU YERDA qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun avval hisob (account ochiladi), soʻng ariza shaklidagi kerakli maʼlumotlar va hujjatlar kiritiladi.
MUHIM: Ariza topshirish jarayonini boshlashdan oldin dasturning rasmiy saytidagi eʼlon bilan tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: fellowships@ned.org




