×

Huron University College: Kanadada bakalavr kurslari uchun 15 000 Kanada dollari grant


Grant

MUHLAT

10.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1434 marta

Kanadada joylashgan Huron at Western Universiteti tomonidan taqdim etiladigan International Entrance Scholarships grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Huron universitetidagi bakalavr kurslariga qabul qilingan, a’lochi va faol xorijlik talabalar uchun ajratilgan. Barcha kurslar ro’yxati

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 4 yil davomida har yili 1 00015 000 Kanada dollari grant beriladi. Kontrakt qancha?

Talablar:

Nomzod:

  • Maktab/litsey/kollejni tamomlagan;
  • Baholari yaxshi yoki a’lo baland;
  • Darsdan tashqari juda faol;
  • Ko’p yutuqlarga erishgan;
  • Huron Universiteti bakalavr kursiga hujjat topshirgan;
  • Ingliz tili yoki o’zi tanlagan kurs o’qitiladigan tilni yaxshi biladigan bo’lishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6,5 yoki TOEFL IBT 83 talab qilinadi.
  • Bakalavr kurslarining ichki talablariga ham mos bo’lishi zarur. talablar kurs sahifasida ko’rsatilgan bo’ladi.
  • Qabul uchun ixtiyoriy ravishda SAT (kod: 0984) yoki ACT (kod: 4837) sertifikatlarini taqdim etish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun bakalavr kurslariga hujjat topshirish yetarli. Hujjatlar  bu yerda 2020-yil 10-dekabrgacha qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

 

  • Maktab/litsey/kollej diplomi;
  • Baholar;
  • Til sertifikati;
  • Yutuqlarni ko’rsatuvchi boshqa sertifikatlar.

 

Murojaat uchun: mezz@huron.uwo.ca 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!