×

Huron University College: Kanadada bakalavr kurslari uchun 25 000 Kanada dollari grantlar


Grant

MUHLAT

10.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1182 marta

Kanadada joylashgan Huron University College Universiteti tomonidan taqdim etiladigan International Presidential Scholarships grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Huron universitetidagi bakalavr kurslariga qabul qilingan, a’lochi va faol xorijlik talabalar uchun ajratilgan. Barcha kurslar ro’yxati

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 4 yil davomida har yili 25 000 Kanada dollari grant beriladi. Kontrakt qancha?

Talablar:

Nomzod:

  • Maktab/litsey/kollejni tamomlagan;
  • Baholari o’rtachasi 90% yoki undan baland;
  • Darsdan tashqari juda faol;
  • Ko’p yutuqlarga erishgan;
  • Huron Universiteti bakalavr kursiga hujjat topshirgan;
  • Ingliz tili yoki o’zi tanlagan kurs o’qitiladigan tilni yaxshi biladigan bo’lishi kerak.
  • Bakalavr kurslarining ichki talablariga ham mos bo’lishi zarur. Bu talablar kurs sahifasida ko’rsatilgan bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Avvaliga bu yerda bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshiriladi. Bakalavr kurslariga arizalar 10-dekabrgacha qabul qilinadi.
  2. Grantga ariza berish uchun nomzod o’qigan maktab/litsey/kollej tomonidan ushbu shakl to’ldiriladi va mhaile2@huron.uwo.ca manziliga nomzodning elektron pochtasi orqali yuboriladi.
  3. Grant uchun ariza to’ldirilib, mhaile2@huron.uwo.ca manziliga yuboriladi.

Grant uchun barcha hujjatlar 2021-yil 12-fevralgacha yetkazilishi zarur. 

Murojaat uchun: mezz@huron.uwo.ca 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!