×

HZB International Summer Student Programme: Talabalar uchun Germaniyada 8 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot!


Grant

MUHLAT

07.02.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

7962 marta

Har yili Helmholtz Zentrum Berlin (HZB) bakalavriat talabalariga 8 haftalik yozgi talabalar tadqiqoti dasturini taklif etadi. Ushbu dastur butun dunyodan boʻlgan talabalarga laboratoriyalar yoki HZB kampuslarida joylashgan tajribaviy markazlarda tadqiqot jamoalari bilan birga ish olib borish imkoniyatini beradi. Talabalar olimlar bilan hamkorlikda oʻz tadqiqot loyihasi ustida ishlash imkoniga ega boʻladi. Dastur ingliz tilida olib boriladi.

HZBdagi tadqiqot jarayoni haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Dastur hozirda fizika, kimyo, moddashunoslik, strukturaviy biologiya, matematika, muhandislik, hayot haqidagi yoki atrof-muhit fanlari yoxud shu sohalarga aloqador mutaxassisliklarda tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun moʻljallangan. Talabalar bilan 8 hafta davomida biror tadqiqot loyihasi ustida ish borish haqida shartnoma tuziladi va ular haftasiga 40 soat tadqiqot ishini olib borishlari kerak boʻladi. Dastur yakunida tadqiqot yuzasidan taqdimot qilish kerak boʻladi.

Bu yili dasturga qabul qilinganlar 2023-yil 3-iyuldan 28-avgustgacha HZBda tadqiqot olib boradi. Bu yilgi dasturga jami 20 nafar talaba qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan talabalar quyidagi moddiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • 8 haftalik amaliyot shartnomasi tuziladi va butun amaliyot uchun mablagʻ ajratiladi. Bu mablagʻ Berlin va Postdamda joylashgan universitetlarda tahsil olayotgan talabalar uchun 1000 yevroni, boshqa hududlarda, jumladan, Germaniyadan boshqa davlatlarda joylashgan universitetlarda tahsil oluvchi talabalar uchun 1900 yevroni tashkil qiladi.
  • Safar xarajatlari uchun 500 yevrogacha mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari va istalgan davlatda oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzod fizika, kimyo, moddashunoslik, strukturaviy biologiya, matematika, muhandislik, hayot haqidagi yoki atrof-muhit fanlari yoxud shu sohalarga aloqador mutaxassisliklar boʻyicha tahsil olayotgan bakalavriat talabasi boʻlishi kerak.
  • Dastur boshlanishidan oldin universitetda kamida 2 yillik taʼlimni tamomlagan boʻlish va bu yillar uzluksiz taʼlim (full-time) shaklida oʻqilgan boʻlishi lozim.
  • HZBdagi amaliyot davri davomida oʻz universitetida talabalar safida qolishi kerak (yaʼni 2023-yil iyul-avgust oylarida oʻqishi tamomlanib qolmasligi yoki boshqa sababga koʻra talabalar safidan chiqarilmasligi kerak).
  • Inlgiz tilini yaxshi bilish lozim, nemis tilini ham bilish ustunlik beradi.
  • Nomzod ariza topshirish jarayonida bitta tavsiyanoma topshira olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar qabuli 2023-yil 7-fevrlagacha yoki arizalar soni muayyan miqdorga yetguncha qabul qilinadi (yaʼni topshirilgan arizalar soni muayyan miqdorga yetsa, qabul 2023-yil 7-fevraldan olin ham yakunlanishi mumkin) Arizalar onlayn tarzda BU YERDA toʻldiriladi va kerakli hujjatlar ariza shakliga yuklanadi.

Ariza shaklini toʻldirishga yuklanishi kerak boʻlgan hujjatlar quyidagilar:

  • Akademik CV. CV 2 betdan oshmasligi, xronologik shaklda boʻlishi, unda talabaning taʼlimi va kasbiy faoliyatidagi (agar boʻlsa) eng muhim jihatlari (bosqichlari) aks etishi kerak.
  • Universitetda olingan eng oxirgi baholar (transcripts) va ilmiy daraja diplomlari (agar bunday diplom boʻlsa).
  • Tavsiyanoma.
  • Pasport yoki ID kartasi nusxasi.

Agar zarur boʻlsa, nomzoddan talaba ekanlik haqidagi maʼlumotnomani ham topshirish soʻralishi mumkin. Bu maʼlumotnoma nomzodning kamida 2023-yil avgust oyi oxirigacha universitetda talaba sifatida qolishini tasdiqlashi kerak. Germaniya universitetlarida tahsil olayotgan talabalar tegishli Immatrikulationsbescheinigung shaklini ham yuklashi kerak. Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy hududi tarkibiga kirmaydigan davlatlardan boʻlgan talabalar maxsus maʼlumotnoma shaklini yuklab olishi va u toʻldirilishi hamda talaba universiteti tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanishi kerak.

MUHIM: Ariza topshrishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan summer-students@helmholtz-berlin.de elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!