×

AQSh: yoshlar uchun madaniy almashinuv-amaliyot dasturi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4794 marta

International Association for the Exchange of Students for Technical Experiences (IASTE) dasturi muhandislik, matematika, texnologiya va fan yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan madaniy almashinuv va amaliyot dasturi hisoblanadi. Ushbu dastur talabalarga J-1 vizasi asosida AQShdagi turli tashkilot va kompaniyalarda yozgi amaliyot o’tash va ishlash imkoniyatini yaratadi. IASTE amaliyot dasturidan maqsad talabalarga o’z sohalarida amaliy bilim va ko’nikma orttirish asnosida AQSh davlati va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish. Dasturning asosiy maqsadi ham aynan millatlararo madaniy almashinuvni qo’llab-quvvatlashdir.

Grant kimlar uchun?

Talabalar va yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

IASTE dasturi faqat almashinuv dasturi hisoblanadi va dastur doirasida qatnashchiga moddiy yordam berilmaydi. Dasturda ishtirok etish uchun qatnashchida dasturning ilk oyi uchun kamida 2000 AQSh dollari va qolgan oylar uchun amaliyotiga haq to’lanish-to’lanmasligiga ko’ra oyiga kamida 1000-2000 AQSh dollari mablag’ bo’lishi zarur.

Talablar:

Dasturga quyidagi talablarga mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod AQSh fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzodning yoshi kamida 18 yosh bo’lishi zarur.
  3. Nomzod dasturda faqat amaliyot va madaniy almashinuv maqsadida ishtirok etishi kerak. Amaliyot vaqtida fuqarolik statusini o’zgartirishga urinish mumkin emas.
  4. Nomzod amaliyot uchun tanlagan vazifasidan bilim yoki tajribaga ega bo’lishi zarur.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Nomzod Cultural Vistas dasturi talablariga mos ravishda baxtsiz hodisalarga va salomatlik muammolariga qarshi sug’urta qilinishi kerak.
  7. Dastur boshlangach qatnashchi amaliyotdan 30 kundan ortiq tanaffus olishi mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

IASTE ishtirokchisi AQShdagi IASTE dasturiga hamkorlik qiluvchi tashkilotlardan birida ishlashi kerak bo’ladi. Bunda AQShdagi J-1 vizasini ro’yxatga olish bilan shug’ullanuvchi Cultural Vistas tashkiloti ko’magidan foydalaniladi. Dasturda ishtirok etish uchun nomzod o’zi yashaydigan davlatdagi IASTE milliy ofisiga murojaat qilishi kerak bo’ladi. O’zbekistandagi milliy ofis manzili:

Universitetskaya 2, 100095,
Tashkent
+998 712186986
mirtalat@rambler.ru

IASTE’ning barcha davlatlardagi bo’limlari ro’yxati bu yerda. Agar AQShda amaliyot o’tash uchun joy masalasini hal qilib bo’lgan bo’lsangiz, viza xizmati orqali vizaga ariza jarayonini boshlashingiz kerak bo’ladi.

Ariza berish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Passport nusxasi.
  2. Ingliz tili testi sertifikati.
  3. Talabalar uchun – baholar va talabalikni isbotlovchi hujjat nusxasi.
  4. Bitiruvchilar uchun – bakalavr diplomi nusxasi va (agar bor bo’lsa) nomzodning AQShdan tashqarida o’talgan amaliyot va ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlar.
  5. Nomzod ilgari AQShda bo’lgan bo’lsa, olingan barcha vizalar nusxalari.
  6. Agar nomzod J-1 vizasidan ilgari foydalangan bo’lsa, barcha  DS-2019/DS-7002 shakllari nusxalari.

Ariza berishda nomzod quyidagi savollarga javob berib qisqa insho yozishi kerak:

  1. Personal funding: For this section please enter the total amount of funding, either through your own savings or from your family, that you will have while you are in the U.S. This field cannot be left blank. We recommend that you have access to $2,000 for the first month and access to $1,000 – $2,000 for the following months, depending on your training location and whether you have a paid or unpaid training position.
  2. Government Funding: Please only enter an amount in this section if you are receiving funds—either from your government or from the U.S. government—for the sole purpose of training in the U.S. Do not include money received for your university studies in your home country.

IASTE talaba almashinuv dasturida ishtirok etish haqida chuqurroq tasavvurga ega bo’lish uchun bu sahifa so’nggida IASTE dasturi ishtirokchisi tomonidan tayyorlangan videoni tomosha qilishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun bu sahifadagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing. Murojaat uchun:

Telefon: 212-497-3500
Email: iaeste@culturalvistas.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!