Ibrat farzandlari loyihasi har yili Yoshlar ishlari agentligi tomonidan xorijiy tillarni oʻrganishga qiziquvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga yoʻnalish va ragʻbat berish, qolaversa, boʻsh vaqtini samarali oʻtkazish uchun tashkil etiladigan 1 haftalik bepul dastur hisoblanadi.
Oromgohning bu mavsumida jahonning TOP-100 universitetlariga kirish istagidagi isteʼdodli yoshlarni jalb qilish, ularga koʻrsatmalar berish koʻzda tutilgan.
Oromgohning maqsadi:
- TOP-100 universitetlarga kirmoqchi boʻlgan isteʼdodli maktab va bakalavr bosqichi bitiruvchilari uchun hamjamiyat tashkil etish.
- Jamoa boʻlib ishlash koʻnikmasini oshirish.
- Jahonning TOP-100 universitetlari bakalavriat hamda magistratura bosqichiga kirish imkoniyatini yaratish hamda ular uchun kerakli koʻnikmalarni rivojlantirish.
Oromgoh mashgʻulotlari quyidagi vaqtlarda oʻtkaziladi:
- 3-9-iyul va 17-23-iyul kunlari – maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun.
- 14-20-avgust kunlari – bakalavriat talabalari va bitiruvchilari uchun
Grant kimlar uchun?
Maktab oʻquvchilari, abituriyentlar (maktab bitiruvchilari), bakalavr bosqichi talabalari yoki bakalavriat bosqichi bitiruvchilari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur ishtirokchilariga quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
- 1 haftalik bepul oromgohda qatnashadi. Bunda ishtirokchilar bepul oziq-ovqat va turar joy bilan taʼminlanadi.
- Turli mahorat darslari, sohaviy master-klasslar va tanlovlarda ishtirok etishadi.
- Dastur soʻnggida maxsus sertifikat.
Talablar:
Dasturda maktab va bakalavr bosqichi bitiruvchilari, shuningdek, bakalavriat talabalari ishtirok etishi mumkin.
Bakalavr bosqichi bitiruvchilari va bakalavriat talabalariga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlishi lozim.
- Ingliz tilidan kamida IELTS 6.0 yoki uning ekvivalenti (TOEFL, GMAT, GRE, SAT, CAE) sertifikatga ega boʻlishi kerak.
- OTM talabasi yoki bakalavr bosqichi bitiruvchisi boʻlishi talab etiladi.
Maktab bitiruvchilari esa quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- 16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlishi kerak.
- Ingliz tilidan kamida IELTS 6.0 yoki uning ekvivalenti (TOEFL, GMAT, GRE, SAT, CAE) sertifikatga ega boʻlishi kerak.
- Maktab oʻquvchisi yoki abituriyent boʻlishi talab etiladi.
Saralash bosqichidan chetlatishga asoslar:
- talablarda belgilangan yosh chegarasiga amal qilmaganlar (bakalavr talaba va bitiruvchilari — 20-30 yosh; maktab o‘quvchisi va abituriyentlar — 16-20 yosh);
- til sertifikati bo‘lmagan nomzodlar;
- saralash jarayonida g‘irromlik qilishga uringan nomzodlar:
1) ikki yoki undan ko‘p marta ro‘yxatdan o‘tganlar;
2) til sertifikati boʻyicha aldashga uringanlar.
Ushbu taqiqlangan holatlar nomzodlar orasida kuzatilganda “Ibrat Farzandlari”ning kelajakdagi barcha loyihalaridan chetlatiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Oromgoh uchun saralash 2 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Onlayn ariza topshirish ya’ni Google Forma shaklida o‘tkaziladi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan intervyu bo‘lib o‘tadi. Intervyuda sizning ingliz tili darajangizni yaxshiroq bilish maqsadida savollar beriladi, suhbat davomiyligi 5 daqiqa.
1-bosqich uchun arizalar 2023-yil 16-iyunga qadar BU YERDA qabul qilinadi.
Umumiy 3 ta mavsum uchun 600 nafar ya’ni bakalavr bosqichining 2 ta mavsumi uchun 400, magistratura bosqichiga esa 200 ta ishtirokchi saralab olinadi.
MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval dastur talablari bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan Telegram orqali @ibrat_camp_admin akkauntiga murojaat qilishingiz mumkin.