×

TOP-100 universitetlariga kirish istagidagi isteʼdodli yoshlar uchun 1 haftalik bepul Ibrat oromgohi!


Grant

MUHLAT

17.06.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

13332 marta

Ibrat farzandlari loyihasi har yili Yoshlar ishlari agentligi tomonidan xorijiy tillarni oʻrganishga qiziquvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga yoʻnalish va ragʻbat berish, qolaversa, boʻsh vaqtini samarali oʻtkazish uchun tashkil etiladigan 1 haftalik bepul dastur hisoblanadi.

Oromgohning bu mavsumida jahonning TOP-100 universitetlariga kirish istagidagi isteʼdodli yoshlarni jalb qilish, ularga koʻrsatmalar berish koʻzda tutilgan.

Oromgohning maqsadi:

  • TOP-100 universitetlarga kirmoqchi boʻlgan isteʼdodli maktab va bakalavr bosqichi bitiruvchilari uchun hamjamiyat tashkil etish.
  • Jamoa boʻlib ishlash koʻnikmasini oshirish.
  • Jahonning TOP-100 universitetlari bakalavriat hamda magistratura bosqichiga kirish imkoniyatini yaratish hamda ular uchun kerakli koʻnikmalarni rivojlantirish.

Oromgoh mashgʻulotlari quyidagi vaqtlarda oʻtkaziladi:

  • 3-9-iyul va 17-23-iyul kunlari – maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun.
  • 14-20-avgust kunlari –  bakalavriat talabalari va bitiruvchilari uchun

Grant kimlar uchun?

Maktab oʻquvchilari, abituriyentlar (maktab bitiruvchilari), bakalavr bosqichi talabalari yoki bakalavriat bosqichi bitiruvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur ishtirokchilariga quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • 1 haftalik bepul oromgohda qatnashadi. Bunda ishtirokchilar bepul oziq-ovqat va turar joy bilan taʼminlanadi.
  • Turli mahorat darslari, sohaviy master-klasslar va tanlovlarda ishtirok etishadi.
  • Dastur soʻnggida maxsus sertifikat.

Talablar:

Dasturda maktab va bakalavr bosqichi bitiruvchilari, shuningdek, bakalavriat talabalari ishtirok etishi mumkin.

Bakalavr bosqichi bitiruvchilari va bakalavriat talabalariga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlishi lozim.
  • Ingliz tilidan kamida IELTS 6.0 yoki uning ekvivalenti (TOEFL, GMAT, GRE, SAT, CAE) sertifikatga ega boʻlishi kerak.
  • OTM talabasi yoki bakalavr bosqichi bitiruvchisi boʻlishi talab etiladi.

Maktab bitiruvchilari esa quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • 16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilidan kamida IELTS 6.0 yoki uning ekvivalenti (TOEFL, GMAT, GRE, SAT, CAE) sertifikatga ega boʻlishi kerak.
  • Maktab oʻquvchisi yoki abituriyent boʻlishi talab etiladi.

Saralash bosqichidan chetlatishga asoslar:

  • talablarda belgilangan yosh chegarasiga amal qilmaganlar (bakalavr talaba va bitiruvchilari — 20-30 yosh; maktab o‘quvchisi va abituriyentlar — 16-20 yosh);
  • til sertifikati bo‘lmagan nomzodlar;
  • saralash jarayonida g‘irromlik qilishga uringan nomzodlar:
    1) ikki yoki undan ko‘p marta ro‘yxatdan o‘tganlar;
    2) til sertifikati boʻyicha aldashga uringanlar.

Ushbu taqiqlangan holatlar nomzodlar orasida kuzatilganda “Ibrat Farzandlari”ning kelajakdagi barcha loyihalaridan chetlatiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Oromgoh uchun saralash 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Onlayn ariza topshirish ya’ni Google Forma shaklida o‘tkaziladi.

2-bosqich: Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan intervyu bo‘lib o‘tadi. Intervyuda sizning ingliz tili darajangizni yaxshiroq bilish maqsadida savollar beriladi, suhbat davomiyligi 5 daqiqa.

1-bosqich uchun arizalar 2023-yil 16-iyunga qadar BU YERDA qabul qilinadi.

Umumiy 3 ta mavsum uchun 600 nafar ya’ni bakalavr bosqichining 2 ta mavsumi uchun 400, magistratura bosqichiga esa 200 ta ishtirokchi saralab olinadi.

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval dastur talablari bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan Telegram orqali @ibrat_camp_admin akkauntiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!