×

IBRO-RIKEN CBS Summer Program: neyrologiya bo’yicha Yaponiyada 5 kunlik yozgi maktab; yo’l va turar joy xarajatlari qoplanadi


Grant

MUHLAT

05.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

1484 marta

Neyrologiyaga qiziquvchi talabalar uchun IBRO-RIKEN CBS Summer Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. 5 kunlik yozgi dastur turli yo’nalishlarda tahsil olayotgan, sohaga va yozgi maktabning bu yilgi mavzusiga qiziqish bildiradigan yoshlarga mo’ljallangan. Odatda, dasturga magistratura, doktorantura talabalari, postdoktor tadqiqotchilari yoki boshqa faoliyatlar bilan shug’ullanayotganlar qabul qilinadi.

Yozgi maktab dunyoning nufuzli universitetlaridan kelgan professorlarning ma’ruzalaridan iborat bo’ladi. Dastur ishtirokchilarga ma’ruzalarni tinglash orqali bilimlarini mustahkamlash, yangi bilimlarga ega bo’lish va neyrologiyaga qiziqishlarini yanada oshirish imkonini beradi.

Dastur ma’ruzalari 28-iyundan 2-iyulgacha Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Riken Center For Brain Science tadqiqot markazida bo’lib o’tadi. Bu yilgi ma’ruzalar “Reconstructing emotion: from molecules and circuits to concepts” mavzusida bo’ladi. Ma’ruzachilar orasida Garvard, Toronto, Tokio, Susseks, Nu York va boshqa nufuzli universitet professorlari bor. Yozgi maktab ma’ruzalarida miya faoliyati bo’yicha eng so’nggi tadqiqotlar haqida so’z boradi. Dasturdan o’rin olgan taqdimotlarda esa ishtirokchilar o’z tadqiqot natijalarini namoyish qilishlari mumkin.

Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, dastur aralash shaklda o’tkazilishi rejalashtirilgan. Bunda dasturda Tokioga kelish imkoniga ega ishtirokchilar Yaponiyada, boshqalar onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin. Agar ahvol jiddiylashsa, dastur to’liq onlayn o’tishi ham mumkin. Bu xususda aniq ma’lumot mart oyida e’lon qilinadi.

Batafsil

Grant kimlar uchun?

Neyrologiyaga qiziquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilarga yo’l xarajatlari hamda turar joy xarajatlari qoplab beriladi. Grant oziq-ovqat yoki boshqa turdagi stipendiya berilmaydi.

Talablar:

Ingliz tilini biladigan, neyrologiya va miya faoliyatiga qiziquvchi barcha shaxslar ariza berishi mumkin. Hujjat topshirganlar orasidan yuqori natijalarga erishgan nomzodlar saralab olinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 5-mart. Arizalar bu yerda topshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. CV
  2. Motivatsiya inshosi
  3. 2 ta tavsiyanoma
  4. Grantga ariza.

Murojaat uchun: info.summer2021@ml.riken.jp. Savollaringiz bo’lsa, bu yerdagi savol-javoblar (FAQ) bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!