×

Ichki ishlar vazirligidan videoroliklar tanlovi: mukofot jamgʻarmasi 58 million soʻm!


Grant

MUHLAT

31.10.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

5465 marta

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirlgi xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ular tomonidan shaxsga qarshi qaratilgan hamda o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishni targ‘ib qiluvchi videoroliklar tanlovini eʼlon qildi.

Ushbu tanlov Ichki ishlar vazirining 2023-yil 17-maydagi 137-son farmoyishiga asosan tashkil etilmoqda.

Tanlovda barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari ishtirok etishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • Eng yaxshi videorolik I o‘rin – diplom, 17 million so‘m;
  • Eng yaxshi videorolik II o‘rin – diplom, 13 mln 500 ming so‘m;
  • Eng yaxshi videorolik III o‘rin – diplom, 11 million so‘m.

Qo‘shimcha nominatsiyalar:

  • Eng yaxshi operator ishi uchun – 5 mln 500 ming so‘m;
  • Eng yaxshi videomontaj uchun – 5 mln 500 ming so‘m;
  • Eng yaxshi infografika uchun – 5 mln 500 ming so‘m.

Yuqoridagi mukofot summalari qoʻshimcha qiymat soligʻi hisoblanmagan holda koʻrsatilgan.

Talablar:

Tanlovda barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchilar tanlovga 1 tadan 3 tagcha videorolik yuborishi mumkin. Tanlovga taqdim etilgan barcha turdagi materiallar muallifga qaytarilmaydi.

Taqdim etilgan materiallar quyidagi mezonlar asosida 50 balli tizimda baholanadi:

  • videoroliklarda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ular tomonidan shaxsga qarshi qaratilgan hamda o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishni targ‘ib qiluvchi g‘oyalarni aks ettirganligi uchun – 10 ballgacha;
  • videoroliklarda mehnatsevarlik va halollik kabi g‘oyalarni aks ettirganligi uchun – 5 ballgacha;
  • videoroliklarda odob va axloq normalariga rioya etilganligi uchun – 5 ballgacha;
  • videoroliklarda xotin-qizlarni huquqiy madaniyatini oshirish va shaxsga qarshi qaratilgan, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish shaklidagi jinoyatlarni oldini olish borasida ichki ishlar organlari tizimidagi islohotlarning aks etganligi uchun – 10 ballgacha;
  • videoroliklar yoshlar auditoriyasiga mo‘ljallanganligi uchun – 5 ballgacha;
  • ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida va Internet jahon axborot tarmog‘ida shuningdek, Vazirlikning rasmiy kanal va sahifalariga 15-noyabr kuni joylashtirilgan tanlov materiallariga 20-noyabr kuniga qadar, ijobiy munosabat (layklar) soni ko‘pligiga qarab – 15 ballgacha.

Har bir nominatsiya bo‘yicha baholash mezonlariga muvofiq eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi tanlov g‘olibi hisoblanadi.

Baholash mezonlari asosida ishtirokchilarning olgan ballari teng bo‘lganda ularning tanlovga taqdim etgan videoroliklari soni hamda mazkur farmoyishning maqsadlardan kelib chiqqan holdagi ta’sirchanligi inobatga olinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ishlar 2023-yil oktabr oyi oxirlarigacha qabul qilinadi.

Ishtirokchilar Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali @PRESSA_HPX akkauntiga quyidagilarni yuborishi kerak:

  • xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ular tomonidan shaxsga qarshi qaratilgan hamda o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishni targ‘ib qiluvchi bittadan uchtagacha bo‘lgan videoroliklarning elektron shakli;
  • ishtirokchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatidan nusxa.

MUHIM: Ishtirok etishni boshlashdan avval rasmiy eʼlon va tanlovni oʻtkazish tartibi bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!