×

ICYF International Conflict Resolution Camp: 18-35 yoshlilar uchun Turkiyada 6 bepul kunlik oromgoh!


Grant

MUHLAT

26.08.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

9108 marta

Islom hamkorlik tashkilotiga qarashli Islom hamkorligi yoshlar forumi “ICYF International Conflict Resolution Camp” (ICYF Nizolarni hal qilish boʻyicha xalqaro oromgoh) oromgohiga arizalar qabul qilmoqda.

Dasturining maqsadi insonparvarlik g’oyalarini tag’rib qilish, xalqaro munosabatlarni yaxshilash, inqirozlarni bartaraf etishdan iborat. Ishtirokchilar  nazariy va amaliy mashg’ulotlar hamda seminarlar orqali nizolarni hal qilish bo’yicha o’z bilimlarini rivojlantiradi.

Oromgohda qashshoqlikka barham berish, sog’liqni saqlash va ta’lim xizmatlarini yaxshilash, xavfsiz suv manbalari bilan ta’minlash, iqlim o’zgarishiga qarshi kurashish, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va ijtimoiy chetlanishga qarshi kurashish kabi turli masalalar ko’rib chiqiladi.

Ushbu dastur (ayollar va erkaklar uchun alohida) Turkiyaning Antaliya shahridagi Alovuddin Keykubat yoshlar oromgohida quyidagi sanalarda tashkil etilmoqda:

  • 2023-yil 2-7-noyabr kunlari – ayol-qizlar uchun.
  • 2023-yil 9-14-noyabr kunlari – erkaklar uchun.

Oromgoh mashg’ulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Dastur vazifalari (objectives) bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshdagi faol yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • 6 kunlik ushbu dasturda bepul ishtirok etish imkoniyati.
  • Turar joy, oziq-ovqat va shaharga ekskursiyalar xarajati qoplanadi.
  • Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
  • Maxsus sertifikat beriladi.

Xalqaro safar (Turkiyaga borish va qaytish) xarajatlarini ishtirokchilar oʻz yonidan qoplashi kerak.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha: 

  • Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo (Oʻzbekiston ham a’zo) yoki musulmon ozchilikni tashkil qilauvchi davlatlarning fuqarolari ariza berishi mumkin.
  • Nomzodlar 18-35 yosh orasida boʻlishi lozim. 
  • Ingliz tilida muloqot qila olish lozim. 
  • Tinchlik oʻrnatish, nizolarni hal qilish va dasturga aloqador boshqa masalalarga qiziqish bildirishi kerak. Bu sohalardagi akademik tajribaga egalik ustunlik berishi mumkin.
  • Jamoada ishlash, yetakchilik qobiliyati hamda volontyorlik tajribasiga ega bo’lishi kerak. 
  • Oromgohning barchа mashg’ulotlariga qatnashish mas’uliyatini zimmasiga olish va ishtiyoqmand boʻlish kerak. 

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi (dastlab ro’yxatdan o’tish va hisob ochish kerak). Arizalar O’zbekiston vaqti bilan 2023- yil 26-avgust tungi soat 1:59 ga qadar qabul qilinadi.

Dastur komissiyasi arizalarni muvofiqlik mezonlari asosida baholaydi. Agar zarurat tug’ilsa, tanlovning oxirgi bosqichi sifatida onlayn suhbat tashkil etilishi mumkin.

Tanlov natijalari toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar ICYF veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari orqali eʼlon qilinadi. tanlangan ishtirokchilargina email orqali xabardor qilinadi, qabul qilinmaganlarga hech qanday xabar yuborilmaydi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqing.

Qo’shimcha savol va murojaatlar uchun: moicclubs@icyforum.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!