Islom hamkorlik tashkilotiga qarashli Islom hamkorligi yoshlar forumi (ICFY) “ICYF International Media Training Camp” oromgohiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur ishtirokchilar jurnalistika, raqamli media va storitelling (hikoya qilish) koʻnikmalarini rivojlantirish imkoniga ega boʻladi.
Dasturning maqsadi – yosh jurnalistlarga axborot davrida kundalik vositalardan foydalanib raqamli storitelling (hikoya qilish) va yangiliklarni yetkazib berish koʻnikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish imkonini berishdir.
Ushbu dastur Turkiyada joylashgan Alaaddin Keykubat Gençlik Kampı oromgohida quyidagi sanalarda boʻlib oʻtadi:
- Erkak ishtirokchilar uchun – 2026-yil 16-21-oktabr kunlari.
- Ayol ishtirokchilar uchun – 2026-yil 28-oktabr – 2-noyabr kunlari.
Dasturga jami 200 nafar ishtirokchi (100 nafar ayol, 100 nafar erkak ishtirokchi) qabul qilinadi.
Oromgoh mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
18-25 yoshli jurnalistlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- Ishtirok etish bepul.
- Turar joy, oziq-ovqat va shaharga qilinadigan ekskursiyalar xarajatlari qoplanadi.
- Turkiyadagi aeroport/avtobus bekatidan oromgohga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.
- Tibbiy sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.
- Viza olish talab etilsa, viza olish jarayonida toʻliq yordam beriladi. Biroq viza olish bilan bogʻliq xarajatlarni ishtirokchilarning oʻzlari qoplashi kerak.
- Xalqaro safar xarajatlari uchun 250 AQSH dollarigacha kompensatsiya beriladi.
- Oromgoh mashgʻulotlariga toʻliq qatnashib, dasturni yakunlaganlar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
Eslatma: Safar xarajatlarini oʻzi qoplaydigan nomzodlarga saralash vaqtida ustunlik berilishi mumkin.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo (Oʻzbekiston ham aʼzo) yoki musulmon ozchilikni tashkil qilauvchi davlatlarning fuqarolari ariza berishi mumkin.
- Nomzodlar 18-25 yosh orasida boʻlishi lozim.
- Ingliz tilida muloqot qila olish lozim.
- Nomzodlar media, tadqiqot, hikoya qilish yoki jamoatchilik bilan hamkorlik qilishga qiziqishi kerak.
- Oromgohning barcha mashgʻulotlariga qatnashish masʼuliyatini zimmasiga olish va ishtiyoqmand boʻlish kerak.
- Oldingi yili ushbu oromgohda qatnashmagan boʻlish kerak.
Nomzodlar motivatsiyasi, yetakchilik salohiyati, ijodkorligi, ijtimoiy taʼsir ko‘rsatishga bo‘lgan intilish hamda hududlarning mutanosib vakilligini taʼminlash mezonlari asosida tanlab olinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Dastur uchun arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi (sahifa oxiridagi “Apply this event” tugmasini bosing). Dastlab roʻyxatdan oʻtish va hisob ochish kerak. Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2026-yil 31-avgust soat 01:59 gacha qabul qilinadi.
Faqat qabul qilinga ishtirokchilarga email orqali xabar qilinadi (qabul qilinmaganlarga hech qanday xabar yuborilmaydi).
Dasturga ariza topshirish bepul.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan youthcamps@icyforum.org elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.




