×

ICYF RAMADAN CONTEST: Ramazon oyida Reels/qisqa videolar tanlovi; mukofot – 1000 dollar!


Grant

MUHLAT

18.04.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3470 marta

Islom hamkorlik tashkilotiga qarashli Islom hamkorligi yoshlar forumi (ICFY) “ICYF RAMADAN CONTEST” tanloviga arizalar qabul qilmoqda. Tanlovda butun dunyodan barcha musulmonlar qatnashishi mumkin.

Bu yilgi tanlov mavzusi: “Ramadan: What The Holy Month Means To Me (Ramazon: Bu muqaddas oy men uchun nimani anglatadi)”.

Bu tanlov Ramazon oyining ruhiyatini va musulmonlar bu oyni nafaqat roʻza tutish, balki oʻzlarining yaxshiroq versiyasiga aylanishi orqali bu oyni qanday oʻtkazayotganini koʻrsatishga qaratilgan. Tanlovda Facebook yoki Instagram Reels/qisqa videosi bilan qatnashish mumkin.

Tanlovda qatnashish bepul.

Grant kimlar uchun?

Barcha musulmonlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻolibi quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1000 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti.
  • ICFY maxsus mukofoti.

Talablar:

Tanlovga qatnashish shartlari va talablari quyidagicha:

  • Tanlovda butun dunyodan boʻlgan musulmonlar qatnashishi mumkin.
  • Ishtirokchi ijodkorlik bilan yondashishi va videoni iloji boricha qiziqarli qilishi kerak.
  • Odamlar ovqatlanishi, ibodat qilishi yoki kundalik ishlar bilan shugʻullanishi kabi tasodifiy harakatlarni oʻz ichiga olgan kontekstsiz videolarni yuklamasligi kerak.
  • Faqat Instagram va Facebookda ommaviy (Public) profillarga yuklangan Reels videolar qabul qilinadi.
  • Videoda baland musiqa yoki chalgʻituvchi fon shovqini boʻlmasligi kerak.
  • Faqat ishtirokchiga tegishli boʻlgan va u foydalanish huquqiga ega boʻlgan kontentdan foydalanilishi kerak.
  • Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan ishlar qabul qilinmaydi.
  • Agar videoda ishtirokchining oʻzi gapirsa, ingliz tilida gapirishi kerak (yoki ingliz tilida subtitr qoʻshish mumkin). Lekin videoda gapirish majburiy emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ishlar 2023-yil 18-aprelgacha qabul qilinadi. Qatnashish uchun BU YERDA onlayn arizani toʻldirish va topshirish lozim.

Ishtirok etish tartibi quyidagicha amalga oshirladi:

  • Ishtirokchilar “Ramadan: What The Holy Month Means To Me” mavzusida vertikal formatda Facebook yoki Instagram Reels videosini yozib olib, uni oʻz Facebook yoki Instagram profiliga joylashi kerak.
  • Ishtirokchining profili sozlamasi “Ommaviy (Public)” boʻlishi kerak, yopiq profildagi video bilan qatnashib boʻlmaydi.
  • Ishtirokchilar tanlovning ariza shaklini toʻldirib, unga videosining havolasini (link) joylashi va arizani topshirishi (Submit) kerak.

MUHIM: Ishtirok etishga kirishishdan oldin tanlov rasmiy saytidagi maʼlumotlarni batafsil oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!