×

ICYF Young Volunteers Camp dasturi: Turkiyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi lager!


Grant

MUHLAT

13.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

6521 marta

The Islamic Cooperation Youth Forum (ICYF) – Islom Hamkorlik Tashkiloti yosh koʻngillilarni “ICYF Young Volunteers Camp” largeriga taklif etmoqda. Dasturdan maqsad pandemiya, tabiiy ofatlar va gumanitar inqirozlar paytida insonlarga amaliy yordam beruvchi va qoʻllab-quvvatlovchi yosh kadrlarni tayyorlash, interaktiv treninglar orqali koʻngillilarning salohiyatini oshirish, ularga orttirilgan tajribalari, saboqlari, fikr va mulohazalari bilan oʻrtoqlashish uchun platforma yaratish. Koʻngillilar lageri Turkiyaning Antaliya shahrida 2021-yil 5-10 iyul kunlari ayol ishtirokchilar va 12-17 iyul kunlari erkak ishtirokchilar uchun tashkil etiladi.

ICYF Young Volunteers Camps lageri quyidagilarni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan:

  • Pandemiya va gumanitar inqirozlar paytida barqaror echim topish uchun yoshlar tashkilotlari oʻrtasida tarmoq yaratish.
  • Koʻngillilarning salohiyatini oshirishda turli tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
  • Turli xildagi yoshlar, yeakchilar va koʻngillilar harakatlariga tashkilot boshqaruvini oʻrgatish.
  • Interaktiv treninglar orqali yosh koʻngillilarning salohiyatini oshirish.
  • Volontyor yoshlarga olingan tajribalari, saboqlari, fikr va mulohazalari bilan oʻrtoqlashish uchun platforma yaratish.
  • Yoshlarni eng yaxshi volontyorlik tashabbuslari namunalari bilan tanishtirish va h.k.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshli koʻngillilar (volontryorlar) uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Lager ishtirokchilariga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • Oziq-ovqat, turar joy, mahalliy transport va shahar boʻylab sayohat xarajatlari tashkilotchi tomonidan qoplanadi.
  • Qatnashchilarga Turkiyaga borish va kelish xarajatlarini qoplashning ikkita varianti taklif etiladi (arizada ishtirokchi ulardan birini belgilashi kerak).
  • Ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat fuqarosi (Oʻzbekiston aʼzo) yoki boshqa davlatdagi musulmon jamoatining vakili boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • 18-30 yosh oraligʻida boʻlishi kerak.
  • Gumanitar va koʻngillilik ishlarida tajribaga ega boʻlishi maqsadga muvofiq.
  • Jamoa boʻlib ishlash qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
  • Yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
  • ICYF Young Volunteers Camps lagerida toʻliq ishitirok etishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

ICYF Young Volunteers Camps lagerida qatnashish uchun arizalar BU YERDA onlayn tarzda 2021-yil 13-iyungacha qabul qilinadi. Arizada nomzoddan shaxsiy va akademik maʼlumotlari, ingliz tilini bilish darajasi, volontyorlik va ijtimoiy harakatlardagi ishtiroki haqidagi maʼlumotlar hamda bir necha savollarga javob berishi soʻraladi.

Natijalar eng qisqa muddatda faqat saralangan nomzodlarga eʼlon qilinadi. Dastur yakunida qatnashchilarga ICYF va dastur homiylari tomonidan sertifikatlar beriladi.

Grant haqidagi toʻliq maʼlumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Email: volunteer@icyforum.org

ESLATMA: Dastur oʻtkaziladigan manzil COVID-19 pandemiyasini hisobga olgan holda tashkillashtirilgan. Dastur sanasi ham Turkiyaga safar qilish tartib-qoidalarini hisobga olgan holda belgilangan. Biroq COVID-19 sababli vaziyat jiddiylashsa, dastur onlayn tarzda boʻlishi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!