×

IELTS Test Fee Scholarship: IELTS imtihonini bepul topshirish imkoniyati


Grant

MUHLAT

30.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

11645 marta

IELTS imtihonini topshirish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uchun IELTS Test Fee Scholarship 2020 grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant kam ta’minlangan oiladan bo’lgan yoshlarga IELTS imtihonini topshirishda moddiy yordam berish maqsadida beriladi. Grantlarni maktab (yuqori sinflar), litsey, kollej o’quvchilari va bakalavr kursida o’qiyotgan talabalar yutib olishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

32 yoshdan kichik bo’lgan, IELTS imtihoni topshirish niyatidagilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan shaxsning IELTS imtihoni to’lovi to’liq to’lab beriladi. O’zbekistonda IELTS imtihoni topshirish to’lovi 1663200 so’mni tashkil etadi. Nomzodning g’olib bo’lgani ma’lum qilingach, mablag’ 45 kun ichida to’lab beriladi.

Talablar:

  • Nomzodning yoshi 32 dan kichik bo’lishi kerak;
  • Nomzodning yuqori sinflarda olgan baholari o’rtacha 75% yoki undan yuqori bo’lishi kerak;
  • YOKI nomzodning bakalavr kursining birinchi 6 semsestrida olgan baholari o’rtachasi 75% foiz yoki undan yuqori bo’lishi kerak;
  • Nomzod ilgari IELTS topshirmagan bo’lishi kerak;
  • Nomzodning oilasining daromadi oyiga 250 AQSh dollaridan oshmasligi kerak (buni moliyaviy hisobotlar va kerakli hujjatlar orqali isbotlash talab etiladi);
  • Nomzod o’qituvchisi tomonidan yozilgan bitta tavsiyanoma taqdim etishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza berish uchun bu yerga kirib, sahifa oxirida joylashgan ariza shaklini to’ldiring. Buning uchun anketada berilgan savollarga javob berish kerak. Arizalar 2020-yil 30-avgustga qadar qabul qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!