×

IELTS’dan 6.5 va 7.0 oldingizmi? AQSh bakalavr kursida o’qish uchun 14 000 dollar grant yutib oling!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

15867 marta

AQShda joylashgan Point Park University universiteti tomonidan taqdim etiladigan International Ambassador va International Fellow grant dasturlari uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitet bakalavr kursiga qabul qilingan iqtidorli talabalarga beriladi. Universitetida qanday bakalavr kurslariga hujjat topshirish mumkinligini bilish uchun bu yerdagi kurslar ro’yxati bilan tanishib chiqing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

International Ambassador grantini yutib olgan talabaga 14 000 AQSh dollari, International Fellow grantini yutib olgan talabaga esa 12 000 AQSh dollari miqdorida grant o’qish to’lovi uchun taqdim etiladi. Agar talaba universitet qoidalarini buzmasa va baholari pasayib ketmasa, grantni o’qishni tamomlagunicha har yili olishi mumkin bo’ladi. Bakalavr kursida o’qish uchun qancha kontrakt to’lanadi?

Talablar:

  • International Ambassador grantini yutib olish uchun talabaning maktabda (litsey, kollej) olgan baholari o’rtacha balli 4 ballik GPA shkalasida kamida 3.0 ball, ingliz tili darajasi kamida IELTS 7.0 yoki TOEFL PBT 550 bo’lishi kerak.
  • International Fellow granti uchun kamida 3.0 GPA va IELTS 6.5 yoki TOEFL PBT 525 talab etiladi.
  • Nomzod Point Park University’da o’qitiladigan bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Bakalavr kurslariga qabul qilinish uchun nomzod maktabni (litsey, kollej) tamomlagan bo’lishi va baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL PBT 500 ballga ega bo’lishi kerak, lekin siz to’plagan ball IELTS 6.5 -7.0 yoki TOEFL PBT 525-550 dan past bo’lsa, kursga qabul qilinsangiz ham grant yutolmaysiz.
  • Nomzod SAT yoki ACT testlaridan birini topshirgan bo’lishi yoki ularni oʻrnini bosuvchi hujjarlarni topshirishi (test-optional admission) kerak.
  • Odatda, nomzod qaysi yo’nalishdagi bakalavr kursiga hujjat topshirganidan kelib chiqib, uning ba’zi fanlardan to’plagan ballariga alohida e’tibor berilishi mumkin. Qabul uchun batafsil talablar bakalavr kurslari sahifalarida ko’rsatilgan. Umumiy talablar

Dasturga qabul jarayoni:

Point Park universiteti bakalavr kursiga qabul qilingan barcha talabalarning nomzodlari Trustee Scholarship granti uchun ko’rib chiqiladi, shuning uchun grant uchun alohida ariza topshirilmaydi. Bakalavr kurslariga ariza topshirishning o’zi kifoya. Point Park universiteti bakalavr kurslariga yilning istalgan vaqtida ariza topshirish mumkin. Ariza topshirish bepul. Nomzod yilning qaysi vaqtida ariza topshirishidan kelib chiqib, kelayotgan semestr yoki yilda boshlanadigan bakalavr kurslaridan biriga joylashtiriladi. Ariza topshirish uchun avvaliga bu yerda akkaunt yaratish va uni faollashtirish kerak. Keyin esa bu yerda ariza to’ldiriladi. Hujjat jarayoni bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin. Ariza topshirishga oid savol va murojaatlar bilan enroll@pointpark.edu elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!