×

II-Young Professional Fellowship’21: O’zbekiston va Pokiston yoshlari uchun yurtimizda o’tkaziladigan madaniy almashinuv dasturi


Grant

MUHLAT

02.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1998 marta

O’zbekiston va Pokiston yoshlari o’rtasida o’zaro bag’rikenglik, millatlar o’rtasida totuvlik va madaniyatlar bilan tanishuvni qo’llab-quvvatlash maqsadida Mentor Amiable Professional Society (MAPS) tomonidan tashkil etilgan II-Young Professional Fellowship’21 madaniy almashinuv dasturiga hujjat qabul qilinmoqda. Dasturning ikkinchi oqimi bu yil O’zbekistonda bo’lib o’tadi.

Madaniy almashinuv dasturida ijtimoiy o’zgarish kiritishga qiziqish bildirgan, 16-35 yoshli faol yoshlar uchun mo’ljallangan. Dasturga jamiyatda ijobiy o’zgarishlar qilish maqsadida izlanayotgan, amaliy natijalarga erishgan yoki katta maqsadlarga ega o’quvchilar, talabalar, yosh mutaxassislar qabul qilinadi. Bir hafta davom etadigan dasturda yetakchilikni rivojlantirish, Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari, global totuvlik va do’stlik, o’zlikni anglash kabi mavzularda mashg’ulotlar o’tkaziladi.

Ishtirokchilar milliy an’analar, urf-odatlar, taomlar va sayohat orqali O’zbekiston millati va madaniyatini chuqurroq o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Dastur 25-31 yanvar kunlari O’zbekistonda bo’lib o’tadi. Dastur mavzulari:

  • Social Capital and Prosperity
  • Self-Development and Role of Society
  • SDG-4 Quality Education
  • Economic Stability and Bi-Lateral Trade
  • Legacy of Pakistan and Uzbekistan
  • SDG-13 Climate Change and Sustainable Development

Grant kimlar uchun?

15-35 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda grant asosida yoki o’z hisobidan ishtirok etish mumkin. Dasturga jami 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi, shundan 15 nafar ishtirokchi grant asosida, 35 nafar ishtirokchi o’z hisobidan ishtirok etadi. Hujjat topshirish uchun 167 000 so’m atrofida (16 AQSh dollari) to’lov qilinadi va bu to’lov hatto nomzod dasturga qabul qilinmasa ham qaytarilmaydi.

To’liq grant aviachipta, turar joy, oziq-ovqat, dastur marosim va mashg’ulotlarida ishtirok etish, sertifikatlar va dastur uchun kerakli materiallarni o’z ichiga oladi. 

O’z hisobidan qatnashayotgan ishtirokchilarga sertifikat, kerakli materiallar, dastur mashg’ulotlarida ishtirok etishlari mumkin. O’z hisobidan ishtirok etayotganlar kuzatuvchi sifatida qatnashadi.

Talablar:

  • Nomzod O’zbekiston yoki Pokiston fuqaroligiga ega 16-35 yoshdagi, kuchli motivatsiyaga ega bo’lgan talaba yoki yosh mutaxassis bo’lishi mumkin.
  • Nomzod ijtimoiy faol bo’lishi kerak.
  • Dastur ingliz tilida bo’ladi, ammo IELTS/TOEFL kabi sertifikatlar talab qilinmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2-yanvar kunigacha qabul qilinadi. 3-yanvarda suhbat o’tkazilib, 5-yanvarda barcha natijalar e’lon qilinadi. Ariza topshirish uchun bu yerga bosing.

Ariza to’lovi (16 AQSh dollari yoki 166 848 so’m) qanday to’lanadi?

O’zbekistonliklar ariza to’lovini plastik kartochka orqali yoki Western Union, MoneyGram kabi xizmatlar orqali amalga oshirishlari mumkin. Kartochka orqali to’qlash uchun bu yerga bosing. Kartochkadan boshqa usulda to’lov qilmoqchi bo’lsangiz, ypf@maps.org.pk manziliga e-mail yozib, nima qilish kerakligi haqida ma’lumot so’rang.

Murojaat: +92 301 675 4477 (WhatsApp), ypf@maps.org.pk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!