×

III Young Professional Fellowship Maldives’21: Maldiv orollarida almashinuv dasturi uchun to’liq grant, turar joy va aviachipta! Joy – 15 ta!


Grant

MUHLAT

20.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Maldiv Respublikasi

O'QILGAN

2576 marta

Maldiv Respublikasida 2021-yil 12-16-mart kunlari bo’lib o’tadigan madaniy almashinuv dasturi – III Young Professional Fellowship Maldives’21 dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. 2020-yil Turkiyada o’tkazilgan ushbu dastur 2021-yilda go’zal Maldiv orollarida bo’lib o’tishi kutilmoqda.

Dastur 16 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan shijoatli, yetakchilik sifatlariga ega, o’z jamiyatlarini rivojlantirishga harakat qilayotgan yoshlar, talabalar, mutaxassislar va ijtimoiy faol shaxslar uchun mo’ljallangan. Dastur ishtirokchilarga turli millat vakillari bilan tanishish, madaniyatlar almashinuvini his qilish, dunyoning turli qismlaridan tashrif buyurgan yoshlar bilan tanishish, fikrlar almashish, global masalalarga birgalikda yechimlar izlab, bir-birlarini ruhlantirish imkoniyatini taqdim etadi. Almashinuv dasturida seminarlar, turli kechalar, Maldiv orollarini aylanish, turli millatlarning milliy taomlarini totib ko’rish va guruh bo’lib ishlash kabi mashg’ulotlar bo’ladi.

Dasturda quyidagi mavzular yoritiladi:

  1. Covid-19 and its Vaccine Crisis
  2. Civil Rights, Virtue and Tranquility
  3. Development of Science and Technology
  4. Entrepreneurship
  5. Anti-Patriarchal Model
  6. UNSDG-7 Affordable and Clean Energy for All

Grant kimlar uchun?

16-35 yoshli talabalar, mutaxassislar va ijtimoiy faol shaxslar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga butun dunyo mamlakatlaridan jami 50 nafar ishtirokchi saralab olinadi. Shundan 15 nafar ishtirokchi uchun to’liq grant o’rinlari ajratilgan. To’liq grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. Borish va kelish aviachiptalari
  2. Turar joy
  3. Sertifikat
  4. Dastur uchun kerakli materiallar
  5. Oziq-ovqat
  6. Maldiv orollarini aylanish
  7. Madaniy kecha
  8. Dasturni nishonlash tadbiri.

35 nafar ishtirokchilar dasturda o’z hisobidan ishtirok etish uchun saralab olinadi.

Talablar:

  • Nomzod 16-35 yosh bo’lishi kerak.
  • Nomzod fuqarolik pasportiga ega bo’lishi kerak. Hali pasport olmagan nomzodlar hozir hujjat topshirishi mumkin, lekin mart oyigacha pasport olishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilishi kerak. Ammo, ariza topshirish uchun IELTS yoki TOEFL kabi sertifikatlari talab qilinmaydi.
  • Dasturga saralash uchun suhbat o’tkaziladi.
  • To’liq grant uchun tanlab olingan nomzodlar dasturga ariza topshirish uchun motivatsiyasi haqida video tayyorlashi kerak bo’ladi.
  • Dasturning avvalgi yillarda O’zbekiston va Turkiyada o’tkazilgan sonlarida ishtirok etganlar bu yilgi dasturda faqat o’z hisobidan ishtirok etishi mumkin. Ammo, ularning arizasi ham erishgan yutuqlari asosida grant uchun ko’rib chiqilishi mumkin.
  • Dasturga ariza uchun to’langan 25 AQSh dollari nomzod qabul qilinmasa ham qaytarib berilmaydi. Nomzod bu vaziyatda dastur tashkilotchilariga qarshi da’volar bilan chiqmasligi shart. Barcha talablar

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 20-fevralgacha qabul qilinadi. 23-fevralda qabul uchun suhbat bo’ladi. Natijalar 26-fevralda e’lon qilinadi. G’oliblar 12-16-mart kunlari Maldiv orollarida bo’lib o’tadigan madaniy almashinuv dasturida ishtirok etadi.

Ariza topshirish uchun bu yerga bosing.

Ariza topshirish uchun 25 AQSh dollari to’lov qilinadi. Bu to’lov qaytarilmaydi. Kerakli hujjatlar:

  1. 25 AQSh dollari ariza to’lovi to’langanligini tasdiqlovchi chek.
  2. Pasport nusxasi.
  3. Fotosurat.
  4. Quyidagi 3 ta savolning har biriga javob yoziladi. Har bir insho 300 so’zgacha hajmda bo’lishi mumkin. Mavzular:
  5. What are your motivations to apply for III-YPF Maldives 2021?
  6. Tell us about your achievements in Educational/Social Sector?
  7. How would your community benefit from participation in III-YPF 2021 Maldives?

Ariza to’lovini kredit yoki debit karta orqali bu yerda to’lashingiz mumkin. PayPal orqali to’lash uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!