×

“Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz!” ijodiy videoroliklar tanlovi


Grant

MUHLAT

26.08.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1968 marta

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Salom Vatandosh” mega loyiha dasturi doirasida “Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz!” ijodiy videoroliklar tanlovini eʼlon qildi.

Ishtirokchilar quyidagi mavzularga oid videoroliklar bilan ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin:

  • Vatanparvarlik va insonparvarlik gʻoyasini targʻib qilish;
  • Burch va sadoqatni namoyon etish;
  • Vatanparvarlikka sohaviy yondashuv;
  • Vatanim mening nigohimda;
  • Yangi Oʻzbekiston fenomeni yoshlar nigohida.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin: iPhone 15 Pro max
  • 2-oʻrin: noutbuk
  • 3-o‘rin: planshet

Talablar:

Topshirilgan ishlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • videorolikda mavzuning mazmun-mohiyati ochib berilganligi;
  • videorolikda tasvir, ovoz va montaj ishining sifati;
  • muallifning videorolikni yaratishdagi o‘ziga xos ijodiy innovatsion yangicha  yondashuvi, ishning plagiat emasligi;
  • milliylikni zamonaviy ko‘rinishda targ‘ib qiluvchi, etika-estetika tomonlariga alohida axamiyat berilishi kerak.
  • videorolik barcha toifadagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi;
  • videorolikda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan tasvir yoki mazmun aks ettirilmasligi.

Dasturga qabul jarayoni:

Videorolik va ishtirokchi haqidagi maʼlumotlar, bogʻlanish uchun telefon raqamlari bilan birgalikda 2024-yilning 26-avgustiga qadar Telegram’dagi @SALOMVATANDOSH_BOT manziliga yuborilishi lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!