×

Ijodkorlar diqqatiga: Yaponiya Media va San’at festivalida ishtirok etib, 9000 AQSh dollari, kubok hamda sertifikatga ega bo’ling!


Grant

MUHLAT

03.09.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

5334 marta

Yaponiya san’at agentligi tomonidan o’tkaziladigan keng miqyosli Japan Media Arts Festival san’at va media festivalida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Festivalda ishtirok etishda tanlov e’lon qilingan bo’lib, unda 4 yo’nalish bo’yicha asar va materiallar bilan ishtirok etish mumkin.

Festivalda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ishtirok etish mumkin:

San’at

San’at yo’nalishida ishtirok etayotgan nomzodlar san’at (tasviriy), interaktiv san’at, video, media va shu kabi materiallar yaratishlari va tanlovga taqdim etishlari mumkin. San’at yo’nalishida g’olib chiqqan ishlar bilan tanishing

Ko’ngilochar materiallar

Bu yo’nalish bo’yicha o’yinlar (televizion o’yinlar, onlayn o’yinlar, va hkz.), veb ilovalar, video va ovoz ishtirokida yaratilgan effektlar va media texnologiyasi, turli qurilmalar orqali yaratilgan mahsulotlar bilan ishtirok etishingiz mumkin. Ko’ngilochar materiallar yo’nalishida g’olib deb topilgan ishlar bilan tanishing

Animatsiya

Festivalda animatsiya yo’nalishida ishtirok etish uchun qisma animatsion filmlar, televizion animatsiyalar, onlayn tarqatish uchun mo’ljallangan videolar va shu kabi video-animatsiya mahsulotlarini taqdim etish kerak. Animatsiya yo’nalishida topshirilgan eng yaxshi ishlar bilan tanishing

Manga

Festivalning manga yo’nalishi esa san’atning manga janrida ishlangan asarlar uchun mo’ljallangan. Bunda kitob yoki jurnallarda chop etilgan manga seriyalari, kompyuter yoki mobil qurilmalardan tomosha qilishga mo’ljallangan manga va shu kabilar taqdim etilishi mumkin. Manga janri haqida ma’lumot.

Manga yo’nalishida g’olib chiqqan ishlar bilan tanishing

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Festivalda har bir  yo’nalish bo’yicha (1) Asosiy sovrin, (2) eng yaxshi ishlar uchun Excellence Award (yoki Outstanding Performance Award) mukofoti, (3) ijtimoiy jihatdan eng katta ta’sirga ega ishlar uchun Social Impact Award mukofoti, (4) eng iqtidorli havaskor ishtirokchi uchun New Artist Award mukofoti va (5) U-18 mukofotlari beriladi. Ushbu sovrinlarni qo’lga kiritgan ishtirokchilarning har biri, har bir yo’nalish bo’yicha quyidagicha taqdirlanadi:

  • Asosiy sovrin (Grand Prize) – 1 million yen (taxminan 9100 AQSh dollari) pul mukofoti, sertifikat va kubok.
  • Excellence (outstanding performance) Award – 500000 yen (taxminan 4500 AQSh dollari) pul mukofoti, sertifikat va kubok.
  • Social Impact Award – 500000 yen (taxminan 4500 AQSh dollari) pul mukofoti.
  • New Artist (New Face) Award – 300000 yen (taxminan 2728 AQSh dollari) pul mukofoti, sertifikat va kubok.
  • U-18 Award (2004-yil 2-apreldan keyin tug’ilgan g’oliblar uchun) – sertifikat.
  • Bundan tashqari, barcha kategoriyalar bo’yicha eng yaxshi ishlar uchun Achievement Award bo’yicha sertifikat ham topshiriladi.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  • Tanlovga topshirilgan ishlar mualliflik huquqi bilan himoya qilinadi. Agar nomzod o’zidan boshqa shaxs tomonidan yaratilgan asarni topshirayotgan bo’lsa, muallifning roziligini olishi kerak.
  • Tanlovda barcha havaskor va professional ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovga faqat 2020-yil 5-sentyabr va 2021-yil 3-sentyabr oralig’ida yaratilgan / eʼlon qilingan ishlar qabul qilinadi.
  • Tanlovga qabul qilinadigan ishlar uchun texnik talablar har bir yo’nalishdan kelib chiqib turlicha bo’ladi. Bu talablar bilan bu yerda, tegishli yo’nalish nomi ostida tanishish mumkin (sahifaning yakuniga qaralsin).
  • Tanlovga taqdim etilgan ishlar ingliz yoki yapon tilida bo’lishi, agar boshqa tilda bo’lsa, shu tillarga tarjima qilinishi shart.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun arizalar qabuli 2021-yil 3-sentyabrgacha davom etadi. Ariza berish jarayoni bilan batafsil tanishish bu yerga bosing.

Ma’lumot uchun jmaf@cgarts.or.jp elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Festivalga qanday asarlar va ishlar topshirish mumkinligini yaxshiroq tushunish uchun festivalda g’olib chiqqan ishlar jamlanmasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Festival to’g’risida savollar va ularga berilgan javoblar

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!