×

Ijtimoiy reklama roliklari uchun Выбери жизнь tanlovi: mokofot – 2 million 791 ming so’mgacha!


Grant

MUHLAT

28.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1583 marta

Ijtimoiy reklama roliklari uchun Выбери жизнь tanlovi e’lon qilindi. Tanlovga asotsial hodisalar, giyohvandlik, alkogolizm va tamaki chekishni oldini olishga, shuningdek, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga qaratilgan 15-90 soniyali ijtimoiy reklama roliklari qabul qilinadi. Tanlovga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ijtimoiy reklama videolari yuborish mumkin:

  • «НЕТ вредным привычкам» – zararli odatlarni tashlashga undovchi roliklar uchun
  • «Жизнь прекрасна» – sog’lom turmush tarzini targ’ib qiluvchi roliklar uchun
  • «Счастливая семья» – oila, ota-onalik, bolalik, yetimlik kabi muammolarni aks ettirgan roliklar uchun
  • «Береги жизнь» – hayot va atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi roliklar uchun
  • «Мы вместе» – imkoniyati cheklanganlar va ularga nisbatan mehr-oqibat haqidagi roliklar uchun.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 1-o’rin uchun – 20 000 rubl (2,791,481.25 so’m)
  • 2-o’rin uchun – 10 000 rubl (1,395,740.63 so’m)
  • 3-o’rin uchun – 5 000 rubl (697,870.31 so’m)
  • Hay’at a’zolarining maxsus mukofoti uchun – 15 000 rubl (2,093,610.94 so’m)
  • Tashkilotchining maxsus mukofoti uchun – 10 000 rubl (1,395,740.63 so’m) pul mukofoti beriladi.

Talablar:

  • Tanlovda yoshi va millatidan qat’i nazar barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovga tanlov mavzusi va maqsadiga mos ijtimoiy reklama roliklari qabul qilinadi.
  • Topshirilgan videoda nutq, musiqa va ovoz effektlaridan samarali foydalanilgan bo’lishi, mazmun va tayyorlanish jihatdan original, kreativ va ijodiy jihatdan ustalik bilan yondashilgan bo’lishi zarur.
  • Keng ommaga taqdim etish uchun mos bo’lishi kerak.
  • O’lim, zo’ravonlik, ta’qiqlangan mahsulotlar targ’iboti kabi sahnalar bo’lmasligi kerak.
  • Formati AVCHD, AVI, MOV, MPEG-2 yoki MPEG-4 bo’lishi lozim.
  • Videoda muallifning shaxsiga ishora qiluvchi belgilar, ismi, reklama belgilari va boshqa ortiqcha belgilar ko’rsatilmasligi kerak.
  • Reklama roligi davomiyligi 15 soniyadan kam bo’lmasligi, 90 soniyadan oshmasligi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 28-fevralgacha qabul qilinadi, natijalar esa 1-iyunda e’lon qilinadi. Arizani boshlash uchun bu yerga bosing. Tanlovning rasmiy veb sayti bu yerda, Vkontakte ijtimoiy tarmog’idagi rasmiy sahifasi esa bu yerda, tanlov nizomi esa bu yerda berilgan.

Murojaat uchun: smi@filmofond.ru, (343) 288-57-67

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!