×

Illinois Wesleyan University: AQShda bakalavr kurslari uchun to’liq grant yoki 30 000 AQSh dollarigacha yordam puli


Grant

MUHLAT

15.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2442 marta

AQShda joylashgan Illinois Wesleyan University tomonidan bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladigan grant dasturlari uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar eng yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan chet ellik nomzodlarga ularning erishgan yutuqlari va qobiliyat darajasi asosida belgilanadi. Universitetda mavjud bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Hujjat topshirgan nomzodlar bir nechta grant dasturlari uchun ko’rib chiqiladi:

  • Merit-Based Scholarships – yuqori baholari va IELTS, TOEFL, SAT kabi test natijalari asosida beriladi. Grant hajmi yiliga 16 000 AQSh dollaridan 30 000 AQSh dollarigacha bo’lishi mumkin. Talabaning baholari pasayib ketmasa, grant 4 yil davomida har yili berib boriladi.
  • President’s Scholarships – bu dastur doirasida 2 nafar eng qobiliyatli, yetakchilik sifatlariga ega talabaga to’liq grant

Illinois Wesleyan Universitetida bir yil o’qish uchun qancha mablag’ kerak bo’lishini bu yerda hisoblab ko’rishingiz mumkin.

Talablar:

  • Grantlarni yutish uchun nomzodning baholari yuqori bo’lishi, darsdan tashqari va ijtimoiy mashg’ulotlarda faol bo’lishi, motivatsiyasi kuchli bo’lishi, har tomondan ajralib turishi zarur.
  • Grantga ariza berish uchun avvaliga bakalavr kursiga ariza berish lozim. Bakalavr kursiga hujjat topshirish uchun nomzod maktab shahodatnomasi yoki kollej/litsey diplomiga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6,5, Duolingo 105 yoki TOEFL IBT 80 talab qilinadi.
  • Nomzod SAT yoki ACT testini topshirishi kerak. Bu testlarni topshirish ixtiyoriy, lekin topshirmagan nomzodlar qabul uchun suhbatdan o’tishi kerak bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza berilmaydi. 15-fevralgacha bakalavr kursiga ariza topshirsangiz, arizangiz grant uchun ham ko’rib chiqiladi. Arizani bu yerda yoki bu yerda boshlashingiz mumkin (qaysi biri ekanining farqi yo’q va ikkalasi ham bepul). Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza
  2. Maktab shahodatnomasi yoki kollej/litsey diplomi hamda baholari
  3. Bitta tavsiyanoma
  4. Ingliz tili testi sertifikati
  5. Family Financial Statement
  6. Pasport nusxasi (faqat pasport nusxasi international@iwu.edu manziliga email orqali yuborilishi kerak. Agar hali pasport olmagan bo’lsangiz, bu haqida xabar bering, arizangizga ta’sir qilmaydi)
  7. SAT/ACT testi sertifikati – bu sertifikatlar ixtiyoriy, lekin topshirmagan nomzodlar qabul uchun suhbatdan o’tishi kerak bo’ladi.

Hujjatlarning rasmiy nusxalari pochta orqali bu yerga yuborilishi kerak:

Assistant Director for International Admissions

Illinois Wesleyan University

1211 Park Street

Bloomington, IL 61701 U.S.A.

309-556-3031

international@iwu.edu

Hujjatlarni email orqali yuborish ham mumkin, bunda har birini mas’ul muassasa rasman tasdiqlab jo’natadi.

Agar Illinois Wesleyan Universitetiga o’qishga hujjat topshirish niyatingiz bo’lsa, universitetning mas’ul xodimlari bilan bog’lanishingiz mumkin. Ular sizga kurs tanlash va hujjat topshirish masalalarida yo’l-yo’riq ko’rsatadi. Konsultant bilan bog’lanish uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!