×

Ilmiy fantastika janridagi, rus tilida yozilgan hikoyalar tanlovi: mukofot – 193 AQSh dollari


Grant

MUHLAT

21.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2245 marta

Rus tilida yozilgan ilmiy-fantastik hikoyalar uchun tanlov e’lon qilindi. Tanlovda istalgan davlatdan bo’lgan professional va havaskor yozuvchilar o’z hikoyalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

 Tanlovning bu yilgi mavzusi – «Человек совершенный: завтра, послезавтра, навсегда». Ishtirok etish niyatidagi yozuvchilar tanlov mavzusiga mos bo’lgan, hajmi probellarni qo’shmasdan hisoblaganda 7000-40000 belgidan iborat hikoya yozishlari kerak bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Yozuvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning asosiy g’olibiga 100 AQSh dollari pul mukofoti beriladi.

Tanlov mavzusidagi eng yaxshi hikoya uchun va audio hikoya uchun 15 000 rubldan (193 AQSh dollari) mukofot beriladi. Tanlovning boshqa nominatsiyalari g’oliblariga kitob va to’plamlar beriladi. Hikoyalar uchun ilyustratsiyalar chizib berilishi ham mumkin. 

Talablar:

  • Tanlovga 7000 belgidan kam bo’lmagan va 40 000 belgidan oshmagan hajmdagi, rus tilida yozilgan hikoyalar qabul qilinadi. 
  • Bitta ishtirokchi bitta hikoya topshirishi mumkin.
  • Hikoya ilgari chop etilmagan va boshqa tanlovlarda g’olib chiqmagan bo’lishi kerak.
  • O’qituvchi va ota-onalar o’quvchilar tomonidan yozilgan hikoyalarni muallif roziligi bilan topshirishlari mumkin.
  • Barcha qoidalar bilan bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 2020-yil 21-dekabrgacha ariza berish mumkin. Ariza topshirish uchun hikoyani sf@fancon.ru elektron manziliga jo’natish kerak. Email sarlavhasiga Открытый конкурс jumlasi hikoya nomi (agar nom uzun bo’lsa, hikoya nomidan bir nechta so’zlar) yozilishi, email matniga esa muallif ism-sharifi,  hikoya nomi, hikoya yozilgan yil, muallif manzili va tanlov haqida qayerdan eshitganligingiz yozilishi kerak. Hikoya emailga .rtf, .doc yoki .docx formatida ilova qilinishi lozim. Hikoya matni yozilgan faylga muallif shaxsiga oid ma’lumotlar, sahifa raqamlari va boshqalar yozilmasligi kerak. Hikoya matnining biror yerida hikoya matnining 2000 belgi atrofida hajmga ega qismi alohida belgilab qo’yilgan bo’lishi kerak. Bu qismda hikoyaning ilmiy fantastika janrida yozilgani aniq bilinib turishi zarur.

Natijalar 4-aprelda e’lon qilinadi. 

Murojaat uchun: sf@fancon.ru

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!