×

Ilmiy izlanuvchilarga Yevropaga ilmiy safar qilish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

31.03.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

1607 marta

«Koimbra guruhi» grantlari ilmiy izlanuvchilarga Yevropada ilmiy ishlarini davom ettirish uchun qisqa muddatli ilmiy safarlar dasturini taklif qiladi. Dastur Yevropaning turli universitetlarida ilmiy ish qilish va universitetlararo akademik tanishlar orttirish imkonini beradi.

Grant kimlar uchun?

35 YOSHGACHA BO’LGAN UNIVERSITET ILMIY XODIMLARI UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant oylik stipendiya, tibbiy sug’urta va mezbon davlatga kelib ketish xarajatlarini qoplaydi. Ba’zi hollarda tekin turar joy beriladi. Grantning aniq miqdori har bir mezbon universitetda har xil bo’lib, ularning to’liq ro’yxati SHU YERDA keltirilgan.

Talablar:

Kimlar topshirishi mumkin:

2015-yilgi dasturda qatnashadigan davlatlar ro’yxatida O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston va boshqa davlatlar bor. Davlatlarning to’liq ro’yxati SHU YERDA.

Ariza chi shu ro’yxatdagi davlatlardan birida universitetda faoliyat yuritayotgan bo’lishi lozim.

Arizachalar:

  • 35 yoshdan oshmagan;
  • Ro’yxatda berilgan davlat fuqarosi hamda shu davlatda istoqomat qiluvchi;
  • Postdoktorlik darajasida ilmiy ish qilgan ilmiy xodimlar (ba’zi hollarda doktorantura talabalari ham qabul qilinadi) bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish tartibi:

Arizachi faqat ro’yxatda berilgan universitetlardan biriga hujjat topshirishi mumkin. Arizalar «Koimbra Guruhi» grantlari vebsaytida onlayn tarzda SHU YERDA qabul qilinadi. Anketani to’ldirish jarayinida biror qo’shimcha hujjat topshirish talab qilinmaydi. Ammo ariza qabul qilib olingach, universitetlar sizdan qo’shimcha hujjatlar topshirishingizni so’rashi mumkin.

Ariza topshirishning so’nggi muhlati 2015-yil 31-mart.

Arizada barcha ma’umot ingliz tilida topshirilishi lozim. Ariza topshirilgach, bir hafta ichida Koimbra guruhidan arizani tasdiqlovchi javob xati olasiz. Agar javob xati olmasangiz, Cristina.Tanase@coimbra-group.eu manziliga bog’laning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!