×

Ilmiy tadqiqotlar uchun grant hamda stipendiyalar tanlovi e`lon qilindi


Grant

MUHLAT

01.06.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2291 marta

O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi ilmiy tadqiqotlar uchun grant hamda stipendiyalar tanlovini e`lon qildi.

Mazkur tanlovdan ko’zlangan maqsad respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o’rnini yanada mustahkamlash, sohada faoliyat yuritayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, talaba yoshlarning ilmiy faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasining ilmiy tadqiqotlar uchun stipendiyasi 2017-2018 o’quv yili davomida magistratura va bakalavriat talabalarini rag’batlantirish maqsadida belgilanadi.

Stipendiyalarning oylik fondi eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobarigacha miqdorda belgilanadi. Stipendiya 2017-2018 o’quv yili (sentabr-iyun oylari) davomida har oy kesimida to’lab boriladi.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasining ilmiy tadqiqotlar uchun granti katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilarni rag’batlantirish maqsadida belgilanadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada tahsil olayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant fondi taqdim etilgan loyihaning asoslanganlik darajasiga muvofiq respublikada o’rnatilgan eng kam oylik ish haqining 45 (qirq besh) barobarigacha miqdorda belgilanadi. Federatsiya granti tanlov komissiyasi tavsiyasiga ko’ra bir yo’la to’lanishi mumkin.

Talablar:

Federatsiya stipendiyasi respublikamizdagi oliy ta`lim muassasalarining magistratura va bakalavriat talabalari uchun mo’ljallangan. Tanlovda quyidagi mavzularda magistrlik dissertatsiyasi yoki diplom ishi ustida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin:

  • chuqur kasbiy bilimlarni egallash;
  • mutaxassislarni tayyorlash sifatini yanada oshirish uchun zarur sharoitlar barpo etish;
  • mehnat sohasida xalqaro va milliy standartlar;
  • kasaba uyushmalari faoliyati;
  • bandlikni kafolatlash;
  • birlashish erkinligi;
  • mehnat muhofazasi;
  • ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza;
  • jamoa muzokaralari va boshqa turdosh yo’nalishlar.

Shuningdek, barcha oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni rag’batlantirish maqsadida garchi magistrlik dissertatsiyasi yoki diplom ishi ustida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib bormayotgan bo’lsa ham, ularga yuqorida keltirilgan mavzularda ijtimoiy loyiha bilan tanlovda qatnashish imkoniyati beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga oid batafsil ma`lumotlar va talab etiladigan hujjatlar ro’yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin.

Ilmiy tadqiqotlar uchun grant tanloviga nomzodning anketasi

Ilmiy tadqiqotlar uchun stipendiya tanloviga nomzodning anketasi

Tanlov Nizomi

Tanlovga hujjatlar joriy yilning 1 iyun sanasiga qadar Kasaba uyushmalari Federatsiyasi yoki uning hududiy birlashmalarida qabul qilinadi.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Stipendiya miqdori qancha?

Stipendiyalarning oylik fondi respublikada o’rnatilgan eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobarigacha miqdorda belgilanadi. Bunda stipendiyaning oylik miqdori tanlov komissiyasi tomonidan afzallik berilgan talabalar soniga nisbatan taqsimlash orqali belgilanadi.

Stipendiya qancha vaqt davomida to’lanadi?

Stipendiya 2017-2018 o’quv yili (sentabr-iyun oylari) davomida har oy kesimida to’lab boriladi.

Stipendiya tanlovida qatnashish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Talabgorlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • ta`lim muassasasining talabgor haqidagi ma`lumotnomasi;
  • talabgor olib borayotgan tadqiqotning (magistrlik dissertatsiyasi yoki diplom ishi) annotatsiyasi;

Agar talaba tanlovda ijtimoiy loyiha asosida qatnashayotgan bo’lsa, unda belgilangan mavzudagi ijtimoiy loyihaning batafsil matni taqdim etiladi (bunda loyiha maqsadi, uning ijtimoiy ahamiyati va amaliy natijalarga yo’naltirilganligi hamda loyihani amalga oshirish mexanizmlari aniq ko’rsatilgan bo’lishi lozim);

  • tadqiqot olib borilayotgan muassasaning (kafedra, ilmiy-tadqiqot markazi) tavsiyanomasi (ijtimoiy loyiha uchun ilmiy rahbar taqrizi);
  • talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • ishtirokchi anketasi.

Hujjatlar qayerga taqdim etilishi lozim?

Tanlovga hujjatlar joriy yilning 1 iyun sanasiga qadar Kasaba uyushmalari Federatsiyasi yoki uning hududiy birlashmalarida qabul qilinadi.

Federatsiya granti kimlar uchun mo’ljallangan?

Federatsiya granti oliy ta`lim muassasalari katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va mustaqil izlanuvchilariga to’lanadi. Tanlovda quyidagi mavzularda ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borayotgan ishtirokchilar qatnashishi mumkin:

  • mehnat sohasida xalqaro va milliy standartlar;
  • kasaba uyushmalari faoliyati;
  • bandlikni kafolatlash;
  • birlashish erkinligi;
  • mehnat muhofazasi;
  • ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza;
  • jamoa muzokaralari va boshqa turdosh yo’nalishlar.

Grant miqdori qancha?

Federatsiya granti fondi taqdim etilgan loyihaning asoslanganlik darajasiga muvofiq respublikada o’rnatilgan eng kam oylik ish haqining 45 ( qirq besh) barobarigacha miqdorda belgilanadi.

Federatsiya granti tanlov komissiyasi tavsiyasiga ko’ra bir yo’la to’lanishi mumkin.

Grant tanlovida qatnashish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Federatsiya granti uchun talabgorlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • ta`lim muassasasining talabgor haqidagi ma`lumotnomasi;
  • tadqiqot olib borilayotgan muassasaning (kafedra, ilmiy-tadqiqot markazi) tavsiyanomasi;
  • talabgor olib borayotgan tadqiqotning annotatsiyasi;
  • katta ilmiy xodim-izlanuvchi yoki mustaqil izlanuvchiligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • ishtirokchi anketasi.

Hujjatlar qayerga taqdim etilishi lozim?

Tanlovga hujjatlar joriy yilning 1 iyun sanasiga qadar Kasaba uyushmalari Federatsiyasi yoki uning hududiy birlashmalarida qabul qilinadi.

Natijalarni qayerdan bilish mumkin?

Talabgorlarning hujjatlari tanlov komissiyasi tomonidan ko’rib chiqiladi va uning natijalari Federatsiyaning rasmiy veb-saytida e`lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!