Imagine 2200: Climate Fiction for Future Ancestors hikoyalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.
Hikoyalar bugungi va 2200-yil oraligʻida istalgan vaqt haqida boʻlishi hamda iqlim oʻzgarishlariga yechimlarni oʻz ichiga olishi kerak. Tashkilotchilar, ayniqsa, iqlim oʻzgarishidan eng koʻp zararlangan jamiyatlarning yechimlariga qaratilgan hikoyalarni, shuningdek, chindan adolatli jamiyat qanday koʻrinishda ekanligi tasavvur qilingan hikoyalarni oʻqish va ulashishni xohlaydi. Oʻz hikoyangizda 3000-5000 soʻz orqali oʻzingiz qurmoqchi boʻlgan jamiyatni koʻrsatib berishingiz kerak.
Hikoyalar asosan qanday mavzularga qaratilishi kerakligi bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Hikoyalar ingliz tili yozilishi yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda taqdim etilishi kerak.
Hikoyalar istalgan janrda – muhabbat tarixi, sarguzasht, komediya, ilmiy fantastika, sirli hikoyalar va boshqa janrda boʻlishi mumkin.
Hikoyalarda quyidagi elementlar boʻlishi kutiladi:
- Umid.
- Yorqin qahramonlar.
- Taʼsirli hikoya.
- Iqlimga oid kreativ yechimlar.
Ushbu tanlovda qatnashish bepul.
Grant kimlar uchun?
Barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
- 1-o’rin uchun 3000 AQSh dollari pul mukofoti.
- 2-o’rin uchun 2000 AQSh dollari pul mukofoti.
- 3-o’rin uchun 1000 AQSh dollari pul mukofoti.
- Qoʻshimcha 9 nafar finalistlarning har biriga 300 AQSh dollaridan mukofot.
- Barcha 12 nafar g’oliblarning hikoyalari tanlov tashkilotchisining onlayn to’plamida chop etiladi.
Shuningdek, gʻolib muallif (agar gʻolib taklifni rad etsa, ikkinchi oʻrinni olgan muallif) Oregon shtat universitetining Spring Creek loyihasi doirasida AQSHdagi 4 haftalik rezidentlik dasturiga qatnashish hamda iqlim haqida yozsh loyihasi davom ettirish imkoniga ega boʻladi. Bunda ushbu ishtirokchida 3000 AQSH dollari miqdorida gonorar beriladi.
Talablar:
Tanlovda qatnashish shartlari quyidagicha:
- Ariza topshirish vaqtida nomzodlar kamida 18 yosh boʻlishi kerak.
- Dunyoning istalgan davlati fuqarolari tanlovda qatnasha oladi.
- Hikoyalar ingliz tili yozilishi yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda taqdim etilishi kerak.
- Hikoyalar 3000-5000 soʻz oraligʻida, xayoliy (fictional) boʻlishi kerak.
- Oldin chop etilgan hikoyalar tanlovga qabul qilinmaydi. Shuningdek boshqa tanlovga topshirilgan/topshirilayotgan hikoya ham ushbu tanlovga qabul qilinmaydi.
- Bir ishtirokchi faqat bitta hikoya topshirishi mumkin. Hammualliflikda yozilgan ishlar ham qabul qilinadi, lekin bunday ishlarni mualliflardan faqat bir nafari topshirishi kerak.
- Hikoyalarni yozishda sunʼiy intellektdan foydalanilmagan boʻlishi lozim.
- Agar hikoya nashr qilish uchun qabul qilinsa, tashkilotchilar ushbu hikoyani nashr qilish, ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish, tarqatish va sotish boʻyicha birinchi huquqlarga ega boʻladi.
- Hikoya dahshatli yakunni aks ettiruvchi yoki apokaliptik (dunyoning tugashi haqida) boʻlmasligi kerak. Nomzodlardan oʻta optimistik boʻlish kutilmasa-da, hikoyalarda kelajakka umid aks etishi kerak.
MUHIM: Yuqorida faqat asosiy talablar keltirilgan. Barcha talablar bilan toʻliq tanishish uchun tanlov qoidalarini oʻqib chiqing.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovga arizalar 2024-yil 24-iyungacha qabul qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun BU YERDA roʻyxatdan oʻtib, hisob ochish va arizani toʻldirib, hikoyani topshirish lozim.
MUHIM: Tanlovga qatnashishga kirishishdan oldin tanlov haqidagi rasmiy eʼlon va koʻp beriladigan savollar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan imaginefiction@grist.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.