×

Immerse Education Blog Competition maqolalar tanlovi: Mashhur Oksford va Kembrij universitetlarining onlayn kurslariga 100% grant yutib oling!


Grant

MUHLAT

07.05.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2596 marta

Immerse Education tashkiloti dunyodagi 13-18 yoshli barcha yoshlarga moʻljallangan Immerse Education Blog Competition tanloviga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu tanlov gʻoliblarga dunyoga mashhur Oksford va Kembrij universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtiladigan 2 haftalik yozgi onlayn kursda (Online Insights kurslarida) qatnashishi imkonini beradi. Onlayn dastur 2022-yilning iyul-avgust oylarida boʻlib oʻtadi.

Mazkur kurslar turli sohalar boʻyicha oʻtkaziladi va deyarli barcha soha boʻyicha (tibbiyot, iqtisoq, arxitektura, huquq, kompyuter fanlari, xalqaro aloqalar va hk) kurslar mavjud. Tanlov gʻoliblari qaysi onlayn kursga qatnashishni oʻzi tanlaydi. Qanday Online Insights kurslari mavjudligini BU YERDA koʻrib olishingiz mumkin.

Tanlov 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:

  • 13-15 yoshlilar.
  • 16-18 yoshlilar.

Tanlovda ishtirok etish uchun oʻz yosh kategoriyangiz boʻyicha berilgan mavzulardan birida 500 soʻz atrofidagi blogpost (maqola) yozish talab etiladi (ingliz tilida).

Maqola yozish uchun mavzular quyidagicha:

13-15 yoshlilar kategoriyasi uchun mavzular:

  1. How can virtual reality be used in education?
  2. Is there such a thing as too much learning?
  3. What is the most valuable lesson you have ever learned?

16-18 yoshlilar kategoriyasi uchun mavzular:

  1. How can the metaverse be used for teaching?
  2. What is the most useful piece of advice you have ever received?
  3. What is the future of technology in education?

Tanlovda qatnashish bepul.

Grant kimlar uchun?

13-18 yoshli barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 4 nafar ishtirokchi gʻolib (1-oʻrin) deb topiladi va ular quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Online Insights yozgi kursida qatnashish uchun 100% grantni qoʻlga kiritadi (kurs toʻlovini toʻlashdan 100% ozod qilinadi).
  • Ular yozgan maqolalar (blogpostlar) Immerse Education saytiga joylanadi.

2-oʻrinni olgan ishtirokchilar oʻzlari tanlagan soha boʻyicha onlayn kursda qatnashish uchun 50% gacha grantni qoʻlga kiritadi. 2-oʻrinlar soni topshirilgan ishlar sifati va soniga qarab belgilanadi.

Talablar:

Tanlovda qatnashish shartlari quyidagicha:

  • Dunyoning istalgan davlatidan boʻlgan ishtirokchilar qatnashishi mumkin.
  • Topshiriladigan maqolalar yosh kategoriyasiga mos ravishda, yuqorida berilgan mavzulardan birida ingliz tilida yozilishi va 500 ta soʻz atrofida boʻlishi kerak (kamida 450 ta, koʻpi bilan 550 ta soʻz boʻlishi lozim).
  • Nomzod oʻz yosh kategoriyasi boʻyicha qatnashishi kerak. Nomzodning yoshi 2022-yil/avgust iyul oyi holatiga koʻra hisoblanadi (shu oylarda 13-15 yosh boʻlganlar va 16-18 yosh boʻlganlar kategoriyasi).
  • Maqolalar 2 interval, Times New Roman 11 shriftda, kompyuterda yozilishi va yagona PDF faylda boʻlishi lozim. PDF fayl anonim boʻlishi kerak (Ism-familiya koʻrsatilmasligi kerak).

Dasturga qabul jarayoni:

Maqolalar onlayn shaklda 2022-yil 7-maygacha qabul qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun BU YERDAGI arizani toʻldirib, oʻzingiz yozgan maqolani topshirishingiz kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlov saytidagi maʼlumotlar bilan tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan tanlov saytidagi muloqot chati orqali murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!