Buyuk Britaniya poytaxti Londonda joylashgan Imperial College London PhD bosqichida o’qishni xohlovchilardan navbatdagi Presidentʻs PhD Scholarships dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi uch yarim yilgacha moʻljallangan boʻlib, 50 ta yuqori salohiyatli tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini amalga oshirishda moliyaviy yordam koʻrsatish, shu bilan birga, yuqori malakali ilmiy rahbar boshchiligida ishlashlariga imkon yaratadi. Nomzod Universitetda mavjud istalgan PhD dasturlaridan birini tanlashi mumkin.
Stipendiya dasturi uchun talabgorlar koʻpchilikni tashkil etgani bois, raqobat kuchli, shuning uchun nomzodlar dasturda ishtirok etishdan oldin akademik koʻrsatkichlarini 85% va undan ortiq boʻlishiga erishishlari maqsadga muvofiq.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Talaba kontrakt pulini to’lashdan to’liq ozod qilinadi.
- Uch yarim yilgacha yashash va turar joy xarajatlari uchun yiliga 21200 funt sterling (taxminan 27035 AQSH dollari) miqdordagi stipendiya beriladi.
- Uch yil davomida kerakli anjom va jihozlarga ishlatish uchun yiliga 2000 funt sterling (taxminan 2550 AQSH dollari) miqdorida mablagʻ ajratiladi.
Talablar:
Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolikka oid cheklash yoʻq).
- Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi – first classUK degree yoki shunga teng natijani koʻrsatgan boʻlishi kerak (O’zbekiston tizmida o’rtacha bahoning 85% va undan yuqori ko’rsatkichga egaligi first class UK degree’ga teng hisoblanadi).
- Magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Angliyadan boshqa davlatlarda oʻqigan nomzodlar oʻz baholarining dastur talablariga mosligini tekshirib koʻrishlari talab qilinadi. Tekshirish: SHU YERDA;
- Nomzod ariza topshirgunga qadar Imperial College London oʻquv boʻlimidagi ilmiy rahbar bilan oʻz ilmiy ishini nazorat qilish masalasini hal etishi kerak. Buning uchun: SHU YERDAgi maʼlumotlar asosida tegishli shaxs bilan bogʻlaning.
Nomzodlarni saralash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- Dastlar hujjatlar nomzod hujjat topshirgan Departament (boʻlim/fakultet) tomonidan koʻrib chiqiladi, talabga javob beradi, deb topilgan hujjatlar Imperial College Londonning Saralash guruhiga taqdim etiladi.
- Saralash guruhi aʼzolari ilmiy ishlar boʻyicha vitse-prorektor va ilmiy-tadqiqot fakultetining vitse-dekani boʻlib, barcha Departament (fakultet)lar tomonidan topshirilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, eng yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarni tanlaydilar.
Nomzodlar akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati va layoqatligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil 22-martga qadar qabul qilinadi. Arizaning umumiy formasi mavjud emas. Shuning uchun avval onlayn qabul tizimi orqali oliygohga kirish uchun ariza bering. Soʻngra, boʻlim sizning akademik yutuqlaringiz va salohiyatingizdan kelib chiqib, ariza shaklini joʻnatadi.
- Shaxsiy ariza toʻldirish jarayonida arizangiz akademik yutuqlaringiz, olib borgan tadqiqotlaringiz va rejalashtirayotgan ilmiy ishingiz, salohiyatingiz haqidagi toʻliq, ammo qisqa va loʻnda hamda 1000 ta soʻzdan iborat (2 bet) boʻlishiga ahamiyat bering. Onlayn tizim 2 sahifadan oshgan maʼlumotning ortiqcha qismlarini qabul qilmaydi.
- Stipendiya dasturida arizangiz koʻrib chiqilishi uchun onlayn-arizaning “moliyalashtirish” boʻlimida bu haqida “Presidentʻs PhD Scholarship” variantini tanlashingiz kerak.
- Nomzodlar oʻzlari tanlagan mutaxassislik uchun qabul qilingan barcha talablarga toʻliq mos boʻlishlari lozim.
*Ushbu talablarga mos nomzodlar saralash jarayoniga qoʻyiladi.
Natijalarning eʼlon qilinishi
- 2018-yilning 9-noyabrigacha topshirilgan arizalarga 2019-yil 31-yanvarigacha;
- 2019-yil 18-yanvargacha topshirilgan arizalarga 2019-yil 30-martgacha;
- 2019-yilning 22-martigacha toprishilgan arizalarga 2019-yil 31-maygacha javob beriladi.
Savollar yuzasidan phdscholarshipscheme@imperial.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin