Buyuk Britaniyada joylashgan Imperial College Business School oliygohining Advisory Board Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi shu universitetdagi biznes yo’nalishi bo’yicha MBA magistratura kurslari uchun ajratilgan. Grantlar magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli, a’lochi va eng umidli talabalarni moddiy jihatdan qollab-quvvatlash maqsadida har yili berilib kelinadi. 2019-2020 o’quv yili uchun ushbu grant dasturi doirasida 2 nafar talabaga to’liq grant berilishi rejalashtirilgan.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Advisory Board grantini yutib olgan talabaga qiymati 52000 funt sterlingga teng bo’lgan grant beriladi. Bu mablag’ magistratura kursi kontrakt to’lovi uchun yo’naltirilishi kerak va butun kurs uchun to’lanadigan kontraktni 100% qoplashga yetadi.
Talablar:
Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:
- Nomzod Imperial College Business School magistratura kurslaridan biriga qabul qilingan bo’lishi kerak. Odatda grantga hujjat topshirilgan vaqt kursga hujjat topshirish kerak, agar nomzod o’qishga kirsa unga grant belgilanishi mumkin.
- Nomzodning akademik kelib chiqishi va baholari a’lo bo’lishi kerak. Eng katta yutuqlarga erishgan va eng iqtidorli va soha uchun qobiliyatli sanalgan talabalarga grant beriladi.
- Nomzod GMAT testidan muvaffaqqiyatli o’tgan va yuqori ball olgan bo’lishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi shart. Undan kamida C1 darajasi talab qilinadi.
MBA kurslariga qabul uchun talablar:
- Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
- Nomzod kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod GMAT’dan kamida 600 yoki GRE’dan: verbal – yangi tizim bo’yicha kamida 156 yoki eski tizim bo’yicha kamida 550 ball va quantitative – yangi tizim bo’yicha 158 va eski tizim bo’yicha kamida 740 ball to’plagan bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak – qabul uchun kamida IELTS 7 (barcha qismlari 6.5 va undan yuqori bo’lishi kerak) yoki TOEFL 100 (barcha qismlar 22 ball va undan yuqori bo’lishi kerak) talab qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Advisory Board grantlariga alohida ariza topshirish shart emas. Imperial College Business School’ga magistraturaga o’qishga qabul qilingan barcha talabalar grant uchun avtomatik tarzda nomzodlikka qo’yiladi. MBA kursiga hujjatlar onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar:
- Baholar.
- GMAT yoki GRE testlari natijalari.
- Shaxsiy bayonot (personal statement).
- CV.
- Insho,
- Til bilish darajasi testi natijasi.
Insho mavzusi:
What life experiences have shaped who you are today and how have you overcome adversity to excel in education? How do you think these experiences will help you in today’s rapidly changing world? (inshoning hajmi 700 so’zdan oshmasligi kerak).
Inshoni elektron pochta orqali mba@imperial.ac.uk manziliga alohida jo’natish ham mumkin, bunda elektron xatning nomiga “Advisory Board Scholarship application” va nozmodning CID raqamini yozish kerak. Kursga arizaning barcha hujjatlari va insholar 2019-yil 25-yanvarga qadar jo’natilishi kerak.
Ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz yoki business-school@imperial.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.