×

IMRD: qishloq joylarni rivojlantirish magistratura kursi uchun to’liq grant, 1000 yevro stipendiya va Yevropaning bir nechta universitetlarida o’qish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

21.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

2611 marta

Nufuzli Erasmus Mundus qo’shma magistratura kurslaridan biri – International Master of Science in Rural Development – IMRD (Qishloq Joylarni Rivojlantirish Xalqaro magistratura kursi) kursiga va shu kurs uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur qishloq joylarni rivojlantirish, argosanoat va biogiya fanlari bo’yicha yetakchi o’rinlarda turuvchi 15 universitetning o’zaro hamkorligida 2004-yilda tashkil etilgan. Dasturda ishtirok etayotgan 15 universitetdan 6 nafari Yevropa Ittifoqi davlatlarida joylashgan va magistratura kursi shu universitetlarda o’qitiladi. Boshqa hududlardagi davlatlarda joylashgan 9 universitet esa Erasmus Mundus magistratura kursi dasturini amalga oshirish uchun qo’shimcha ma’ruzalar, keys loyihalar va boshqa turdagi ma’lumotlar bilan yordam beradi. Dasturga qabul qilingan talabalar kamida ikkita universitetda o’qishadi.

IMRD magistratura kursining “joint degree” va “double degree” turlari bor. Joint degree, ya’ni qo’shma dasturni tamomlagan talabaga bir nechta universitet hamkorligida qo’shma diplom beriladi. Double degree, ya’ni ikkitalik dasturni tamomlagan talabalarga ikkita universitet diplomi taqdim etiladi. Magistratura kursining har ikkala yo’nalishi uchun ham Erasmus Mundus grantini yutib olish mumkin. 2021-yilgi qabul y uchun 15 nafar talabaga to’liq grant beriladi, shundan 12 ta grant Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lmagan davlatlar fuqarolariga ajratilgan. Batafsil

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Erasmus Mundus grantini yutib olgan talaba kontrakt to’lovidan ozod etiladi va 2 yil davomida oyiga 1000 yevro stipendiya oladi. Sayohat va boshqa maqsadlar uchun alohida 7000 yevro mablag’ ajratiladi. 

Magistratura kursida o’z hisobidan o’qish niyatidagi nomzodlar har yil uchun 9000 yevro kontrakt to’lab o’qishlari mumkin. 

Talablar:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Bakalavr kursi yo’nalishi biofanlar muhandisligi, agrosanoat iqtisodiyoti, agrosanoat kabi IMRD sohasiga yaqin yo’nalishlarda bo’lishi lozim.
  • Nomzod matematika, statistika, hayotiy fanlar (lofe sciences), ijtimoiy fanlar, qishloq hududlar iqtisodiyoti kabi fanlarni yaxshi bilishi kerak.
  • Kamida IELTS 6,5 yoki TOEFL IBT 80 sertifikatiga ega bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirayotgan nomzodlar magistratura kursiga onlayn arizani 2021-yil 21-fevralgacha topshirishlari shart. Ingliz tili testi sertifikati nusxasi, diplom va baholarning rasmiy nusxalari 28-fevralgacha universitetga jo’natilishi kerak (qog’oz nusxada). Hujjat topshirish oldidan grant nizomi bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Arizani boshlash uchun bu yerga bosing. Hujjat topshirishdan avval joint degree (IMRD) yoki double degree (IMRD+) dasturidan qaysi biriga hujjat topshirishni belgilashni unutmang.

Ariza topshirishga oid savollar bilan applications.itc@ugent.be manziliga, umumiy savollar bilan imrd@ugent.be manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!