×

AQShda stajirovka: oyiga 2500 AQSh dollari stipendiya, borish xarajati qoplanadi!


Grant

MUHLAT

14.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

11250 marta

AQShning Kaliforniya shtati, Los Anjeles shahrida joylashgan The Getty Foundation tashkiloti Graduate Internship amaliyot (stajirovka) dasturiga hujjatlar qabul qilmoqda. Ushbu dastur vizual san’at (visual art) sohasi va shunga yaqin sohada ishlamoqchi bo’lganlarga tajriba to’plash uchun ajoyib imkoniyatlar taqdim etadi. Nomzodlar quyidagi sohalardan birida amaliyot o’tashi mumkin:

  • Education
  • Curatorial
  • Conservation
  • Research
  • Publications
  • Information management
  • Public programs
  • Grantmaking.

Sohalar bilan batafsil tanishish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.

Dasturga qabul qilinganlar Los Anjelesda joylashgan Getty Center’da yoki Malibuda joylashgan Getty Villa’da amaliyot o’tashadi. Amaliyot 2021-yilning 13-sentyabridan 2022-yilning 9-sentyabrigacha davom etadi. Taklif etiladigan barcha amaliyot o’rinlari to’liq stavkali hisoblanadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura yoki PhD (Doctor of Philosophy) bosqichida o'qiyotganlar, shuningdek, 2016-yil yanvardan keyin magistratura yoki PhD bosqichini bitirganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot o’tashga qabul qilinganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan ta’minlanadi:

  • Nomzod 12 oy uchun 35 ming AQSh dollari miqdoridagi stipendiya bilan ta’minlanadi.
  • AQShga borib joylashish xarajatlari uchun 1000 AQSh dollari miqdoridagi to’lov beriladi.
  • Tadqiqot olib borish uchun 2500 AQSh dollarigacha bo’lgan pul ajratiladi.

Ushbu dasturga qabul qilinganlar tekin turar joy bilan ta’minlanmaydi. Qatnashchiar turar joy xarajatlarini o’zlari qoplashi kerak.

Iqtisodiy imtiyozlar bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Dasturga istalgan davlat fuqarolari hujjat topshirishi mumkin.
  • Nomzod magistrlik bosqichida (Master of Arts) yoki PhD bosqichida o’qiyotgan yoxud ushbu bosqichlardan birini 2018-yil 1-yanvaridan keyin bitirib, o’z sohasida ishlayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Nozmodlar onlayn arizani 2018-yilning 1-noyabriga qadar to’lqirishi va kerakli hujjatlarni ham onlayn torzda topshirishi kerak.

Nomzod onlayn arizani to’ldirishda shaxsiga oid savollarga javob berish bilan bir qatorda, quyidagi hujjatlarni ham topshirishi lozim:

1. Personal Statement (Shaxsiy izoh): Ushbu hujjat 500 so’zdan ortiq bo’lmasligi kerak. Unda nomzodning ish va o’qish tarixi (background) hamda keljakdagi karyerasiga oid rejalariga o’zi tanlagan amaliyot kasbi (position) qanchalik mos ekanligini tushuntirib beriladi. Amaliyot o’tash uchun tanlagan bo’limizgiz yoki kasbingiz (position)ni tanaganligingiz sabablarini ko’rsating.
2. Resume/Curriculum Vitae: Bu hujjat barcha nomzodlar uchun majburiy. Hujat 5 sahifadan oshib ketmasligi kerak.
3. Transcript(s)/Academic Records (Diplom ilovadagi baholar): AQShdan boshqa davlatda universitetni bitirgan nomzodlar bakalavrlik va undan keyingi bosqichlardagi (magistr, PhD) diplomlari va ularning ilovalaridagi baholarini ham ingliz tiliga tarjima qilgan holda bitta PDF faylga birlashtirib topshirishi kerak. Agar nomzod hozirda magistrlik yoki PhD bosqichida o’qiyotgan bo’lsa, shu bosqichda o’qiyotganligini isbotlovchi hujjatni va hozirgacha olgan baholarini taqdim qilishi kerak.
4. Letters of Recommendation (2) (Tavsiyanomalar – 2ta): Nomzodlar onlayn tizimda tavsiyanoma beruvchi ikkita shaxni ma’lumotlarini ham kiritishi kerak. Ular bevosita o’zlari tavsiyanoma berishadi onlayn tizim orqali. Bu uchun onlayn arizaning «Letters of Recommendation» bo’limiga tavsiya beruvchi shaxslarning ism-familiyasi va kontaktlarini kiritish kerak bo’ladi. The Getty Foundation tavsiya beruvchilar bilan email orqali bog’lanadi.
5. Agar nomzodda F-1 vizasi bo’lsa, ushbu vizaning nusxasini ham elektorn tarzda topshirishi lozim.
Hujjat topshirish muhlati tugagandan keyin tashkilotchilar nomzodlardan kelgan savollarga javob bera olmasligi mumkin. Hujjat topshirish bosqichida tanlab olingan nomzodlar bilan 2021-yilning fevral oyida telefon orqali yoki yuzma-yuz suhbat qilinadi. Suhbat bosqichidan o’tganlar dasturga qabul qilingan hisoblanadi. Suhbat bosqichining javoblari 2021-yilning bahorida e’lon qilinadi.
Agar ariza topshirish bilan bog’liq muammolarga duch kelsangiz, gradinterns@getty.edu.  elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Odatda bilan ikki ish kunida emailingizda javob beriladi.
Qo’shimcha savollar uchun:
Phone: (310) 440-7320
E-mail: gradinterns@getty.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!