×

Indiana University Bloomington: psixologiya doktorantura kursini AQShda bepul o’qish uchun grant!


Grant

MUHLAT

01.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1532 marta

AQShdagi eng go’zal universitetlardan biri hisoblangan Bloomingtondagi Indiana Universitetida (Indiana University Bloomington) o’qitiladigan psixologiya doktorantura kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Psixologiya doktorantura kursini 7 ta yo’nalishda o’qish mumkin:

Clinical science

Computatuonal and Cognitive Neuroscience

Cognitive psychology

Developmental psychology

Mechanisms and behavior

Molecular and systems neuroscience

Social psychology.

Kurs haqida batafsil

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Psixologiya PhD kursiga qabul qilingan talaba assistentlik qilish evaziga, yoki shunchaki grant dasturlari orqali 5 yil bepul o’qish, stipendiya olish va bepul tibbiy sug’urta imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Agar talaba assistentlikka tanlab olinsa, fakultet yoki kafedradagi ma’muriy yoki tadqiqot ishlari, shuningdek, o’qitish ishlariga yordamchilik qilishi kerak bo’ladi. Ish soatlari haftasiga 20 soatdan oshmaydi va talabaning o’qishiga xalal bermaydi. Ammo o’qishi pasayib ketgan talabalar kurs va assistentlikdan chetlatilishlari mumkin. Batafsil

Talablar:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi va psixologiya, statistika va tadqiqot metodlari kabi fanlarni o’tgan bo’lishi, baholari yuqori bo’lishi kerak. Boshqa sohalarda olingan bakalavr diplomlari ham qabul qilinadi, yuqorida o’tilgan fanlar bo’lsa yetarli.
  • Nomzod tadqiqot tajribasiga ega ekanligini ko’rsatishi kerak. Bunda turli tadqiqotlarda assistentlik qilganlik, o’z tadqiqotini olib borganlik, nashrlar, tadqiqotchilardan tavsiyanomalar kabilar ko’rsatilishi mumkin. Indiana universiteti barcha psixologiya doktorantura kurslari tadqiqotga chuqurlashtirilgan holda o’qitiladi, shuning uchun nomzod statistika, tadqiqot va psixologiyani ham nazariy, ham amalda yaxshi bilishini ko’rsatishi kerak.
  • Cognitive Psychology yo’nalishiga qabul uchun GRE testini topshirishish kerak. Boshqa ixtisosliklar uchun bu ixtiyoriy.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

2021-yil kuzda boshlanadigan kurslarga arizalar 2020-yil 1-dekabrgacha bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda tanishing.

Ma’lumot uchun ois@iu.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!