×

Indoneziya: bakalavriat uchun 100% grant; joy – 10 ta!


Grant

MUHLAT

01.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Indoneziya

O'QILGAN

7553 marta

Indoneziyaning Jakarta shahrida joylashgan BINUS Universitetining indoneziyalik va boshqa chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan BINUS World Scholarship moddiy yordam dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur shu universitetning bakalavr bosqichiga o’qishga qabul qilinayotgan eng iqtidorli va eng umidli talabalarni moddiy jihatdan rag’batlantirish hamda qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

BINUS universitetida o’qitiladigan barcha bakalavr kurslari haqida ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Binus World Scholarship grant dasturi doirasida talabaga 100% lik grant beriladi, ya’ni u kontrakt to’lashdan ozod qilinadi. Bu grant eng yuqori yutuqlarga erishgan talabalarga va moddiy ta’minotsiz o’qishga qiynaladigan, lekin umidli va iqtidorli bo’lgan talabalarga beriladi. Binus universiteti xalqaro universitet bo’lib, unda boshqa davlatlardagi oliygohlar bilan birgalikda qo’shma dasturlar ham o’qitiladi. Ana shu qo’shma dasturlar uchun grant berilmaydi. Ya’ni, grantni faqat BINUS’ning o’ziga tegishli kurslar uchun olish mumkin. Kontrakt to’lovlari haqida ma’lumot olmoqchi bo’lsangiz, bu yerga kiring.

Undan tashqari, talaba bepul yotoqxona bilan ta’minlanadi. Viza va ariza to’loviga to’lagan mablag’i qaytib to’lab beriladi.

Talablar:

Quyidagi talablarga javob beruvchi nozmodlar kurslarga o’qishga qabul qilinadi, bu talablarga eng ko’p mos keluvchilarga esa grant beriladi:

  1. Nozmod yuqori maktab (litsey, kollej, 11 yillik maktab)ni tamomlagan bo’lishi (O’zbekiston nomzodlarining kollej va litsey diplomlari ham o’tadi) va baholari kamida qoniqarli bo’lishi kerak. Grant yutib olish uchun esa nomzod a’lochi bo’lishi zarur.
  2. Nozmod o’zi hujjat topshirayotgan sohaga doir amaliyot yoki ish tajribasiga ega bo’lsa yoki turli amaliy yutuqlarga erishgan bo’lsa bu uning natijalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
  3. Nomzodning hujjat topshirayotgan vaqtdagi yoshi 22 dan katta bo’lmasligi kerak.
  4. Nomzodning moddiy ta’minotga muhtoj ekanini isbotlovchi dalillar bo’lishi zarur.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Qabul uchun kamida IELTS’dan 6 ball yoki TOEFL’dan 500 ball olish zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Binus universiteti grantlariga alohida ariza topshirish shart emas. Bakalavr kursiga to’liq va to’g’ri ariza topshirgan nomzodlar grant uchun to’g’ridan-to’g’ri nozmodlikka qo’yiladi. Bakalavr kurslariga arizalar 2021-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi. Ariza topshirishni boshlash uchun bu yerga bosing.

Kerakli hujjatlar:

  1. CV.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. Baholar tarjimalari bilan.
  4. Nomzodning moliyaviy ahvolini ko’rsatuvchi hujjatlar.
  5. Motivatsion xat.

Bakalavr kursiga hujjat topshirish uchun bu yerga kirib, ro’yxatdan o’tish, sizni qiziqtirgan kursni tanlab,  unga hujjat topshirish zarur.

Murojaat uchun:

Telefon: (+6221) 720 2222, 720 3333 ext. 3122 – 3123 | 3164
Faks: (+6221) 720 8569, 720 5555
E-mailinquiry-jwc@binus.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!