×

Indoneziya: 1 haftalik yoshlar lageri!


Grant

MUHLAT

23.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Indoneziya

O'QILGAN

4949 marta

UMiCamp xalqaro yoshlar lageri Indoneziyada joylashgan  Universitas Negeri Malang oliy ta’lim muassasasi tomonidan xalqaro ta’limni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan lager hisoblanadi. Ushbu lagerning dasturlarida qatnashgan xalqaro talabalar indonez madaniyati, tili, Indoneziyadagi ta’lim tizimi va sharoitlari haqida amaliy bilimga ega bo’ladilar. Lagerdagi dastur 2018-yilning 21-avgustidan 1-sentabrigacha davom etadi.

Ushbu lager shiori: “Broaden your vistas and unmask the colorful cultures”.

Dastur davomida qatnashchi talabalar dengiz sathidan 450 metr balandlikda joylashgan, tog’lar va vulqonlar bilan o’ralgan Malang shahrida yashaydilar va ta’lim oladilar.

Dastur mashg’ulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Kamida 18 yoshga to'lgan va oliy ta'lim muassasasida kamida 1 semestr o'qigan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga ro’yxatdan o’tish va unda qatnashish butunlay bepul.

Biroq qatnashchilar Indoneziyaga borish va qaytish xarajatlarini, shunngdk, boshqa shaxsiy xarajatlarini o’zlari qoplashi lozim.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod 2018-yilning 20-avgusti holatida kamida 18 yoshga to’lgan bo’lishi lozim.
  • Nomzod oliy ta’lim muassasasi talabasi bo’lishi va kamida 1 semetr o’qigan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Dastlab nomzod 3 ta insho yozishi kerak bo’ladi:
    1. Nomzod ushbu dasturga topshirish motivatsiyasini, dasturda qatnashish orqali qanday bilimlarni olishni kutayotganini va uning dasturda qatnashishi UMiCamp uchun qay tarzda manfaatli bo’lishini ifodalashi kerak (ingliz tilida 500 so’zdan oshmasligi kerak).
    2. Nomzodning birinchi inshoga bog’liq jamiyatdagi yoki oliy ta’lim muassasisi/kollej/litseydagi tajribasi (ingliz tilida 500 so’zdan oshmagan holda).
    3. Nomzodni ushbu dasturga tanlanishi uchun munosib ekanligini isbotlovchi o’ziga xos jihatlari haqida insho (ingliz tilida 500 so’zdan oshmagan holda).
  • Yuqoridagi insholarni pasport nusxasi va pasport o’lchamidagi surat bilan onlayn arizaga kiritiladi.
  • Dasturga qabul qilinganlarga email orqali xabar qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!