×

Indoneziya: 5 kunlik oromgoh; sayohat qilish imkoni va xalqaro sertifikat beriladi!


Grant

MUHLAT

20.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Indoneziya

O'QILGAN

3314 marta

Indoneziyaning Studec Fellowship tashkiloti 15 – 30 yoshgacha ijtimoiy faol talaba-mutaxassislarni World Village Leadership Camp 2020 lagerida qatnashishga taklif etadi. Dastur 2020-yil 21-24-mart kunlari 5 kun davomida Indoneziyaning Baduy qishlogʻida boʻlib oʻtadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod ijtimoiy faol, kirishimli, moslashuvchan va ingliz tilini yaxshi biladigan boʻlishi kerak. Baduy – elektr energiyasi va boshqa sivilizatsiya qulayliklarsiz yashash tarzini saqlab qolgan qishloq. Ishtirokchilar qishloq aholisining turmush tarzi bilan tanishish hamda Indonesiyadagi goʻzal hududlarga sayohat qilish imkoniga ega boʻladilar.

Grant kimlar uchun?

15 yoshdan 30 yoshli ekologiya faollari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etadigan nomzodlar erta, ya’ni 20-fevralgacha ariza topshirsalar 200 USD, kechroq ariza berganlar esa 250 badal toʻlaydilar. Bu mablagʻ ichiga quyidagilar kiritilgan:

  1. Oziq-ovqat.
  2. Turar joy.
  3. Mahalliy transport.
  4. Baduy Exclusive Village Tour (Sayohat) va madaniy tadbirlaruda, lagerda qatnashish imkoni beriladi.
  5. Xalqaro darajadagi sertifikat beriladi.

Dastur xalqaro aviachipta, viza kabi xarajatlarni qoplamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod 15-30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod ekologiya, madaniyatga qiziqishi va tashabbuskor boʻlishi kerak.
  • Nomzod ijtimoiy faol, kirishimli, moslashuvchan va ingliz tilini yaxshi biladigan boʻlishi kerak.
  • Nomzod yaxshi inson va muomalali boʻlishi zarur.
  • Nomzod dasturda qatnashish haqini toʻlay olishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2020-yil 20-fevralgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun roʻyxatdan oʻting.
  3. Roʻyxatdan oʻtayotganda barch koʻk bilan belgilangan “yulduzcha”lar (*) mavjud qatorlarni toʻliq yozish kerak.
  4. Sahifa yakunida “What is 10 + 30?” kabi savol berilgan. Javobni yozing va SUBMITni belgilang, aks holda hujjatingiz koʻrib chiqilmaydi.
  5. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.

Natijalar dedlayndan keyin 3-5 kun oʻtib xabar qilinadi.

Murojaat uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!