×

Indoneziya: Magistratura uchun 10 ta to’liq grant va oylik stipendiya


Grant

MUHLAT

30.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Indoneziya

O'QILGAN

3119 marta

Indoneziyaning PPM School of Management oliy ta’lim muassasasi magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun to’liq grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

O’qish sohasi: Grant Master of Management magistrlik darajasini olish uchun hujjat topshirganlarga beriladi.

Grant berilishi rejalashtirilgan talabalar soni: 10 nafar.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq to’lab beriladi;
  • Bitirganligini ro’yxatdan olish to’lovi to’lab beriladi;
  • 20 oy davomida oylik stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • Turli biznes va keys yozish tanlovlarida qatnashish imkonini qo’lga kiritadi;
  • Ilmiy konferensiyalarda qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritadi;
  • Fransiyaning Kedge Biznes maktabida talaba almashish dasturi orqali o’qib kelish imkonini qo’lga kiritishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod eng kechi bilan 2018-yilning 1-sentabrida bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi kerak. Hozirda bakalavr bosqichining oxirgi kursida ta’lim olayotganlar shu yil o’qishni bitirishi va bakalavrlik diplomini qo’lga kiritishi haqidagi universitet tomonidan berilgan ma’lumotnoma bilan ham grantga ariza topshira oladi.
  • Master of Management dasturida o’qishni boshlaganida ko’pi bilan 26 yosh bo’lishi kerak.
  • Nomzodning ish tajribasi 2 yildan oshib ketmagan bo’lishi kerak. Chunki grant bakalavrlik bosqichini endigina tugatgan yoki tugatganiga ko’p bo’lmagan yoshlarni rag’batlantirishni nazarda tutadi.
  • Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak: IELTS minimum 6; TOEFL minimum 500.
  • Kuchli liderlik qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
  • Turmush qurganlar ham, qurmaganlar ham ushbu grantga topshirishi mumkin. Turmush qurganlik yoki qurmaganlik grantni qo’lga kiritishga ta’sir qilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. Dastlab PMM School of Management rasmiy vebsaytidan ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish faqat hujjat topshirish muddati davomida (2018-yilning 1-mayidan 30-iyunigacha) ochiq bo’ladi.
  2. Ro’yxatdan o’tilgandan so’ng, nomzodlarga qanday hujjatlarni topshirish lozimligi haqidagi batafsil ma’lumot email orqali yuboriladi. So’ralgan hujjatlar elektron tfl@ppm-manajemen.ac.id manziliga yuborilishi kerak. Hujjatlarning hajmi 15 MB dan oshib ketmasligi kerak.
  3. Hujjatlarni ko’rib chiqish natijalari 2018-yilning 9-iyul kuni PMM School of Management rasmiy vebsaytida e’lon qilinadi.
  4. Dastlabki bosqichdan o’tganlar keying boshqich – keysni hal qilish bosqichidan ham o’tishi kerak. Keys va qo’shimcha ko’rsatmalar 2018-yilning 10-iyulidan 15-iyuligacha bo’lgan muddatda email orqali nomzodga yuboriladi.
  5. Nomzodlar 2018-yilning 15-iyuliga qadar keysni hal qilib, tfl@ppm-manajemen.ac.id elelktron manziliga yuborishlari kerak.
  6. Grantning finalistlari 2018-yilning 25-iyul kuni PMM School of Management rasmiy vebsaytida e’lon qilinadi.
  7. Eng oxirgi bosqichda finalistlar quyidagi vazifalarni bajaradi: Psixologik test, outbond (biznes sayohat), biznes keys prezentatsiyasi, intervyu. Ushbu bosqichlar 2018-yilning 10-avgustidan 13-avgustigacha muddat oralig’ida bo’ladi.

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar ro’yxati:

  • Diplom va diplom ilovasining qonuniy tasdiqlangan nusxasi. Indoneziyadan boshqa davlat universitetidan diplom olgan nomzodlar Indoneziya oliy ta’lim Bosh boshqarmasi (Indonesian Directorate General of Higher Education) dan tasqidlatishi kerak. Hali universitetni bitirmagan va bakalavr bosqichining oxirgi kurisda o’qiyotganlar o’z universitetidan shu yil diplom olishi haqidagi ma’lumotnomani va hozirgacha olgan baholari ro’yxatini tasdiqlatib olishi kerak.
  • Pasport nusxasi.
  • Oilaviy karta nusxasi (family card).
  • IELTS yoki TOEFL nusxasi.
  • Turli tashkilotlar yoki qo’mitalarda ishlagan, ular faoliyatida ishtirok etgan bo’lsa, buni tasdiqlovji hujjat nusxasi.
  • Erishgan yutuqlarini isbotlovchi hujjatlar nusxasi.
  • Nomzodning to’liq gavdasi ko’rinib turuvchi surat (maksimal 5MB).
  • 4×6 o’lchamni rangli nomzod surati (passport surat).
  • O’qish yoki ish joyidan tavsiyanoma (Ilmiy rahbar, direktor, ish beruvchi tomonidan beriladi).

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Email: pascasarjana@ppmschool.ac.id.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!