×

Ingliz va koreys tilidagi insholar tanlovi: mukofot – 830 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

6110 marta

Koreya to’g’risida yozilgan insholar bilan ishtirok etish uchun the Understanding Korea 2020 Contest insholar tanloviga arizalar qabul qilinayotganini ma’lum qilamiz. Tanlovda quyidagi 2 mavzudan biriga ingliz yoki koreys tilida yozilgan insho bilan ishtirok etishingiz mumkin:

  1. International Images of Korea (Koreyaning xalqaro imiji). Bu mavzu doirasida yozilgan insholarda Koreyaning xalqaro muassasaviy manbalar, masalan, xalqaro darslik kitoblar va veb saytlardagi imiji yoritib berilishi kerak. Shuningdek, inshoda Koreyaning xalqaro imijini qanday yaxshilash mumkinligi to’g’risida takliflar ham berilishi zarur.
  2. Improvements using Understanding Korea Materials (Koreyani yaqindan tanishtirish uchun ishlab chiqilgan manbalarning foydalari va yangi manbalarni qanday qilib shakllantirish haqida). Bunda inshoda Koreyani o’quvchi yoki kuzatuvchiga tanishtirish uchun ishlab chiqilgan materiallarning foydalari yoritilishi va shunday materiallarni ishlab chiqishga doir takliflar kiritilishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 12 nafar g’olib aniqlanadi. Sovrinlar quyidagicha:

Asosiy sovrin bilan taqdirlanadigan 2 nafar g’olibning har biriga 1 million von (taxminan 830 AQSh dollari) pul mukofoti beriladi.

Eng yaxshi yozilgan insholar uchun Excellence Prize mukofoti taqdim etilgan 4 nafar g’olibning har biriga 500000 von (taxminan 415 AQSh dollari) pul mukofoti beriladi.

Tanlovdagi munosib ishtiroki uchun saralab olingan 6 nafar qatnashchining har biriga 200000 von (taxminan 165 AQSh dollari) pul mukofoti beriladi. Undan tashqari, tanlovda ishtirok etgan 100 nafar ishtirokchining har biriga esdalik sovg’a qilinadi.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  • Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovga faqat ingliz yoki koreys tilida yozilgan insholar qabul qilinadi.
  • Taqdim etilgan insho tanlovning ikkala mavzusidan faqat bittasiga yozilgan bo’lishi kerak.
  • Inshoning hajmi 3 sahifa atrofida bo’lishi, matni Times New Roman 12 shriftida yozilishi kerak. Insho matni ariza shakli ichiga joylashtiriladi. Insho bilan birga inshoga aloqador surat ham kiritish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar insholarini 2020-yil 31-iyulga qadar jo’natishlari mumkin. Insholarni yuborish uchun ariza shaklini yuklab olib, to’ldirilgan va insho matni kiritilgan holda highspirit@aks.ac.kr elektron manziliga yuborishingiz kerak.

Tanlov g’oliblari 2020-yil 25-sentyabrda bu yerda e’lon qilinadi. Ma’lumot uchun highspirit@aks.ac.kr elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!