Educator.com sayti OTM talabalari va bo’lajak talabalar uchun o’tkaziladigan insholar tanloviga arizalar qabul qilmoqda. Tanlovning maqsadi ta’lim sifatini oshirish va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Oliy ta'lim muassasalari talabalari va bo'lajak talabalar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlovning ikki nafar g’olibi pul mukofoti bilan taqdirlanadilar:
- Birinchi o’rin sohibiga- 1 000 AQSh dollari;
- Ikkinchi o’rin sohibiga- 500 AQSh dollari.
Pul mablag’lari talaba o’qiydigan OTMga kontrakt to’lovi uchun o’tkazib beriladi. Shuningdek, 3, 4 va 5-o’rin egalariga Educator.com saytining har biri 300 AQSh dollar qiymatga ega yillik obunalari taqdim etiladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Nomzod hozirda OTM talabasi bo’lishi yoki OTMda o’qishni boshlayotgan bo’lishi kerak.
- Nomzod o’qiydigan OTM Educator.com bilan hamkorlik shartnomasiga ega bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Kerakli hujjatlar:
- Nomzodning eng so’nggi baholarining skaner nusxasi (bo’lajak talabalar kollej/litsey (high school)dagi baholarini taqdim etishlari mumkin).
- Quyidagi mavzuda insho:
“What is the greatest problem in education today and how would you change it?” Inshoning umumiy uzunligi 500-1000 so’z atrofida bo’lishi kerak.
Hujjat topshirish jarayoni:
Tanlovda qatnashish uchun scholarship@educator.com elektron manziliga quyidagi tartibda elektron xat yuboring:
- Xat sarlavhasi: “Scholarship application+ism va familiya”
- Xatga kiritilishi shart ma’lumotlar:
– ism va familiya
– to’liq manzil
– OTM nomi va davlat
– OTM kotibining ismi va familiyasi, elektron pochta manzili va telefon raqami
– ta’lim yo’nalishi
– o’qish tamomlanishi kutilayotgan yil va oy
– ilova qilingan baholar (baholar daftarchasi skaner nusxasi)
– ko’rsatilgan mavzuda insho.
OTM lar diqqatiga
OTM talabalari ushbu tanlovda qatnashishlari uchun ular ta’lim olayotgan OTM Educator.com bilan hamkorlik shartnomasi tuzishi kerak. Hamkor sifatida OTM Educator.com ni o’z vebsayti orqali va boshqa usullar bilan qo’llab-quvvatlashi (reklama maqsadida) kerak bo’ladi. Hamkorlik shartnomasi tuzishni xohlagan OTM lar scholarship@educator.com elektron manziliga xabar qoldirishlari kerak bo’ladi. Vebsayt hodimlari elektron xatlarga ish kunlarida 48 soat ichida javob yo’llaydilar.
Eslatmalar
- Natijalar 2018-yil 1-oktabrda e’lon qilinadi.
- G’oliblar akademik natijalari (baholar) va insholariga ko’ra saralanadi.
- com bilan hamkorlik shartnomasiga ega OTMlar ro’yxatini bu yerda ko’rib chiqishingiz mumkin (https://www.educator.com/scholarship/partners.php).
- Ma’lumot uchun: scholarship@educator.com.