×

Inmar Technology Scholarships: AQShda kompyuter fanlari bakalavr kursi uchun 10 000 AQSh dollar grant va pulli amaliyot


Grant

MUHLAT

15.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1270 marta

AQShda joylashgan Wake Forest University tomonidan ajratiladigan Inmar Technology Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitetda kopmpyuter fanlari yo’nalishida o’qitiladigan bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladi. Kompyuter fanlari bo’yicha bakalavr kurslari haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Wake Forest universiteti QS jahon universitetlari reytingida 380-o’rinni egallagan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 4 yillik bakalavr kursi davomida har yili 10 000 AQSh dollari grant beriladi. Undan tashqari, talaba grant dasturi hamkori hisoblangan Inmar Intelligence kompaniyasida yaxshi haq to’lanadigan amaliyot o’tashi ham mumkin. Talaba o’qish davomida Inmar kompaniyasida ishlab, ish haqi olishi ham mumkin, lekin bu ixtiyoriy. Inmar Intelligence bilan hamkorlik jarayonida talaba eng zamonaviy veb va mobil texnologiyalar va ma’lumotni tahlil qilish malakasiga ega bo’ladi hamda kompaniyada murabbiy bilan birga ish o’rganish imkoniyatini qo’lga kiritadi.

Talablar:

  • Nomzod maktabni (kollejni, litseyni) tamomlagan bo’lishi kerak. Ariza topshirishda oxirgi 4 yillik baholar ko’rsatiladi.
  • Nomzod kompyuter fanlari yo’nalishida yuqori iqtidor va qiziqishga ega bo’lishi, o’zida shijoat va qobiliyatni ko’rsatib bera olishi zarur.
  • Nomzod Wake Forest universiteti kompyuter fanlari yoki informatika yo’nalishlaridagi bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak
  • SAT va ACT testlari natijalarini topshirish ixtiyoriy. Topshirgan va topshirmagan nomzodlarning arizalari teng hisoblanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun:

1-qadam. Wake Forest universiteti kompyuter fanlari bakalavr kursiga o’qishga hujjat topshiring. Arizalar 2020-yil 15-fevralgacha onlayn tarzda, bu yerda topshiriladi. Ariza topshirish sahifasida ariza topshirishning uchun 4 xil tizim ko’rsatilgan, ulardan istalgan bittasidan foydalanish mumkin. Savollaringiz bo’lsa, admissions@wfu.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

2-qadam. Grantga arizani to’ldirib, scholarships@wfu.edu elektron manziliga yuboring. Grantga arizalar 2021-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!