×

Innovatsiya vazirligi tomonidan startaplar tanlovi: istiqbolli loyihalar 1 mlrd soʻmgacha moliyalashtiriladi!


Grant

MUHLAT

16.04.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2781 marta

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion tashkilot agentligi tomonidan IT sohasiga qiziquvchi hamda oʻzining innovatsion loyihasiga ega boʻlgan yoshlar uchun “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida IT-taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yoʻnaltirish boʻyicha startap loyihalar” tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlov boʻyicha quyidagi yoʻnalishdagi loyihalar qabul qilinadi:

  • Raqamli
  • Aqlli tibbiyot
  • Aqlli transport
  • Aqlli taʼlim
  • Aqlli qishloq xoʻjaligi
  • Aqlli energetika tizimi
  • Aqlli mahalla

Grant kimlar uchun?

IT sohasida startap loyihaga ega boʻlganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov natijalariga koʻra moliyalashtirishga tavsiya etilgan startap loyihalarga 1 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Tanlovda quyidagi nomzodlar qatnashishi mumkin:

  • 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan, oʻzining IT sohasidagi innovatsion loyihasini amalga oshirmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishi mumkin.
  • Tanlovda bir nomzod faqat bitta loyiha bilan qatnasha oladi.
  • Startap loyihalar asosida maket yoki prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng koʻp muddati 1 yildan oshmasligi kerak.

Loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Loyihaning innovatsionligi – respublikada avval qoʻllanilmagan yangi texnologiyalar va/yoki jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi, yangi xizmat yarata olishi;
  • Loyihaning texnik jihatdan mukammalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi;
  • Muhofaza qiluvchi hujjatlar mavjudligi – patent yoki patentga ariza, va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning toʻliq komplekti, va/yoki koʻzda tutiladigan mahsulot (texnologiya)ning texnik reglamenti, sinov dalolatnomalari, mahsulot namunasining mavjudligi;
  • Loyihaning investitsion jozibadorligi – qoʻshimcha foyda keltirib, mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli istiqbollariga muvofiqligi, loyihaning qiymati, tavakkalchiliklarning hisobga olinishi, oʻzini oʻzi qoplashi va rentabelligi;
  • Loyihani moliyaviy rejalashtirish – loyiha moliyaviy taʼminotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi;
  • Marketing rejasi – loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, maqsadli auditoriya, aloqalar/sotuvlarning asosiy kanallari, raqobat muhiti va h;
  • Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati va muddatlari, import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan ilmiy asos talab qiladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni PDF shaklda startup.mininnovation@gmail.com elektron pochta manzili orqali 2023-yil 16-aprel sanasiga qadar yuborishingiz kerak

Bunda quyidagi hujjatlar asl nusxalari tasdiqlangan holda pdf shaklida https://startup.mininnovation.uz sahifasiga yuborilishi lozim:

  • Startap loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza;
  • Startap loyiha pasporti;
  • Xarajatlar smetasi;
  • Startap loyiha biznes matni (imzo va muhr qo‘yilgan holda);
  • Kafolat xati (Jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilganda);
  • Startap loyiha taqdimoti (10 slayd ) yoki planshet shaklida loyiha mazmuni to‘liq yoritilganligi (5 daqiqadan oshmaydigan video shaklida tayyorlangan ma’lumotlar ma’qullanadi).

ESLATMA: Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligining tanlov bosqichlaridagi istiqboldagi qarori qatʼiy qayta koʻrib chiqilmaydi!

MUHIM: tanlovga ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Qoʻshimcha murojaatlar uchun +998-71-203-32-23 raqamga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!