×

INSEAD: Magistratura uchun 25 000 yevrogacha grantlar!


Grant

MUHLAT

03.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

2588 marta

The Business School for the World INSEAD Biznes Oliy maktabi deyarli butun dunyoda o`z kampuslariga ega. Oliy maktabning Fransiya, Singapur, Abu-Dabi kabi davlatlarda kampus-filiallari bor. Oliy maktab biznes, iqtisodiyot va boshqaruv sohalari bo`yicha MBA mutaxassislari tayyorlaydi. Oliygoh 2019-2020-oʻquv yili uchun talabalarga bir nechta grant dasturlarini taklif etmoqda. Grant magistratura bosqichiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

INSEAD magistratura yoʻnalishlarida kontrakt 2019-2020-oʻquv yili uchun taxminan 85 500 dan 87 000 yevrogacha kontrakt to`lanadi.

Oliy maktab talabalarga bir nechta grantlarni taklif etadi:

  1. INSEAD Alumni Fund (IAF) Diversity Scholarship(s). Grant rivojlanayotgan davlanlardan kelgan talabalarga mo`ljallangan. Grant hajmi 10 000 dan 18 000 yevrogacha.
  2. INSEAD Andreas Lehmann MBA’83J Scholarship. Yuqori akademik ko`rsatkichlarni namoyish eta olgan va moliyaviy yordamga muhtoj nomzodlarga beriladi. Grant 20 000 yevro. Joy – 1 ta.
  3. INSEAD Antonio Borges Endowed Scholarship. Grant o`z yondashuvi va salohiyati, tajribasi bilan MBA bosqichini kengaytira oladigan nomzodlarga beriladi. Grant hajmi 15 000 yevro.
  4. INSEAD Beat Siegrist MBA ’88D Scholarship. Grant moliyaviy yordam olishga loyiqligini isbotlay olgan iste’dodli nomzod-talabaga beriladi. Grant hajmi 18 000 dan 22 000 yevrogacha. Joy – 1 ta.
  5. INSEAD Christina Law MBA ‘91D Endowed Scholarship for Asian Women. Grant kelib chiqishi osiyolik bo`lgan, yuqori akademik ko`rsatkichni qayd etgan va o`z yurtida biznesni rivojlantirishni maqsad qilgan ayol nomzodlarga beriladi. Grant miqdori 8 000 dan 12 000 yevrogacha. Joy – 1 ta.
  6. INSEAD Christoph Rubeli MBA ‘92D Endowed MBA Scholarship. Grant a’lo baholari, liderlik qobiliyati va intiluvchanligi bilan ajralib turadigan munosib nomzodlarga beriladi. Grant hajmi 20 000 Joy – har bir guruhga 1 tadan.
  7. INSEAD Class of MBA’65 Scholarship for Diversity. Grant rivojlanayotgan davlat fuqarosi bo`lgan va moliyaviy ko`makka muhtoj talabalarga beriladi. Grant miqdori 20 000 yevrogacha.
  8. INSEAD Daniel and Yvonne Lalonde Scholarship. Grant yordamga muhtoj, ammo iste’dodli va a’lochi talabalarga beriladi. Ajratiladigan pul miqdori – 15 000 dan 20 000 yevrogacha.
  9. INSEAD Eric Sasson MBA’90D Scholarship. Grant a’lochi va moliyaviy imkoniyati cheklangan turli millat vakillariga beriladi. Grant hajmi 15 000 dan 25 000 yevrogacha. Joy – 4 ta.

Dasturlar grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini va kontraktning qolgan qismini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlaydi. Grant dasturlari haqida yanada to`liq ma’lumot: SHU YERDA.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod Oliy maktabning MBA kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo`lishi zarur.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod GMAT kamida 70-75% yoki shunga teng GRE sertifikatiga, so`zlashuv qismidan esa 85% ko`rsatkichga ega bo`lishi talab qilinadi. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Odatda IELTS kamida 7.5 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod liderlik qobiliyatiga ega bo`lishi lozim.
  • Yuqorida ko`rsatilgan grantlarning sahifasida qo`shimcha talablar berilgan. Grantga nomzod shu talablarga mos kelishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar Oliy maktabning barcha MBA kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oʻzi tanlagan kursga onlayn tarzda ariza berishi kerak. Ayni vaqtda 2020-yilning dekabr oyida boshlanadigan kurslar uchun o`qish va grantga ariza berish muddati ochiq. O`qishga kirishga ariza: Apply Online sahifasi orqali amalga oshiriladi.

Grantga onlayn tarzda ariza beriladi. Grant dasturlari uchun dedlayn muddatlari turlicha. Ayni vaqtda eng yaqin muddat – 2019-yil 3-iyun va 22-iyulgacha. Aniq dedlayn sanalari va kerakli hujjatlarni yuqoridagi ro`yxatda ko`satilgan grantlar sahifalaridan aniqlang. Hujjat topshirishdan avval Scholarship Application Guide bilan batafsil tanishib chiqing.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ish tajribasi haqida ma’lumotnoma. Ish tajribasi kamida 2 yil bo`lishi talab qilinadi.
  • Ingliz tili testi (IELTS kamida 7.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • GRE yoki GMAT sertifikati. Baholar kamida 75%, so`zlashuv qismi esa kamida 85% bo`lishi kerak.
  • Esse.
  • 2 ta yoki 3 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalar soni tanlangan kurs va grantga bog`liq. Shuning uchun ma’lumotni tanlangan grant va kurs sahifasidan aniqlash kerak bo`ladi.
  • Ro`yxatdan o`tish uchun 250 yevro badal to`lanadi. To`lov qog`ozi topshirilmasa hujjatlar ko`rib chiqilmaydi.
  • Hujjatlar topshirib bo`linganda videosuhbatdan o`tiladi.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shu sababli oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing. Umumiy talablarni esa: SHU YERDAN ko`rish mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, yuqori akademik koʻrsatkichlari, ish tajribasi, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi, moliyaviy madadga muhtojligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʼlumot uchun: https://www.insead.edu/master-programmes/mba/contact-us

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!