×

Insho yozing va kontrakt pulini to’lash uchun mablag’ yutib oling!


Grant

MUHLAT

30.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

10571 marta

ExpertAssignmentHelp o’qituvchilar jamoasi tomonidan Global Goals Scholarship Program 2018 dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur hozirgi kunda insoniyat uchragan muammolarga qarshi kurashish va ular yuzasidan ogohlikni kuchaytirishni rag’batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Dastur atrof muhit bilan bog’liq muammolarni yoritishni nazarda tutadi.

Bunda talabalar quyidagi mavzulardan birida yoritib berishi, ishonchli manbalar va statistikaga assolangan holda shu mavzulardan biri yuzasidan insho/taklif yozishi kerak bo’ladi:

  1. Eradicate poverty
  2. Ensure food security and sustainable food cultivation
  3. Implement healthy lifestyle and improved disease control
  4. Quality Education and learning environment for all
  5. Establish gender equality and empower women
  6. Availability of edible water and sanitation infrastructure for all
  7. Sustainable energy creation and distribution
  8. Bring growth in global economy and employment
  9. Improve infrastructure to support industry & better living conditions
  10. Reduce inequality among countries and among the states within each country
  11. Improved safety and planning development for cities
  12. Establish predictable supply and demand of natural resources
  13. Protect & maintain water bodies along with their ecosystems
  14. Conserve forests and limit the damage due to deforestation
  15. Immediate action against climate change and its consequences
  16. Development of human societies to bring peace and growth for all
  17. Global collaboration towards sustainable action plans to meet global challenges

Grant kimlar uchun?

Kollej/litsey o'quvchilari va oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’olib 2500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi va bu mablag’ faqatgina talabaning kontrakt pulini to’lashga yo’naltiriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod kollej/litsey yoki oliy ta’lim muassasasida tahasil olayotgan yoxud shunday muassasalarda tahsil olishni rejalashtirayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod kamida 14 yoshga to’lgan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza va insho topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Nomzodlar yuqorida sanalgan 17 ta mavzudan birini tanlab insho yozishi kerak. Bunda nomzod ushbu mavzu (Global Goal) yuzasidan yoki unga nisbatan qanday qilib o’z hissasini qo’shmoqchi ekanligini/nima qilinishi zarurligini yozishi kerak.
  • Insho ingliz tilida yozilishi va kamida 2500 so’zdan iborat bo’lishi kerak.
  • Nomzod ariza formasini to’ldirishi kerak.
  • Inshoni Word formatda (.doc yoki .docx) scholarships@expertassignmenthelp.com elektron manziliga yuborishi kerak.
  • Insho 2018-yil 30-dekabr 23:59ga qadar yuqoridagi emailga borib tushishi kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!