×

Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!


Grant

MUHLAT

31.01.2025

QOLGAN VAQT

49 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

51552 marta

Biopage internet sayti ma’muriyati tomonidan tashkil etilgan navbatdagi Storytelling Writing Contest insholar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu safargi tanlovga ilhom baxs etuvchi, koʻngilni koʻtaruvchi va qalbni quvontiruvchi hikoyalar qabul qilinadi.

With economic, social, political issues, and wars in the world, we are desperate to hear your feel-good stories!

Hozirda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy muammolar va urushlarni kuzatish mumkin. Tanlov tashkilotchilari ishtirokchilardan shunday bir vaziyatda ijobiy va ilhombaxsh hikoyalarni boshqalar bilan boʻlishishni xohlaydi.

Avvalgi tanlov gʻoliblarining hikoyalari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • Asosiy gʻolib 300 AQSH dollari bilan mukofotlanadi.
  • Yana 5 nafar eng yaxshi insho egalari (runners-up) 100 AQSH dollaridan mukofotni qoʻlga kiritadi.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etish uchun biopage.com saytidan roʻyxatdan oʻtish lozim. Insho (hokiya) va barcha ma’lumotlarni ingliz tilida yozish talab etiladi. Insho hajmi 5000 belgi yoki taxminan 1000 so’zdan oshmasligi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga insholar 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish jarayoni quyidagicha:

  1. Bu yerdagi saytda ro’yxatdan o’tib (Sign Up), shaxsiy akkaunt yarating.
  2. Siz ro’yxatdan o’tgan sayt tarjimai hol tayyorlaydigan sayt hisoblanadi. Unga kirib, istalgan odam o’zini tanishtirish uchun foydalanish maqsadida akkaunt yaratib, o’zi haqida tarjimai hol (biografiya) yozishi mumkin. Siz ham akkauntingizni to’ldirib, o’zingiz haqingizda qisqacha tarjimai hol yozib qo’ying. Tarjimai hol ingliz tilida yozilishi kerak.
  3. “Update” tugmasini bosib, inshongizni joylashtiring. Inshoni joylayotganda sarlavha tanlab, biror surat yoki video ham qo’shish kerak. Inshoni yuklayotganda maxsus teg (tag) qoʻyish kerak bo’ladi,  teglardan biri “writing contest” boʻlishi kerak. Insho va profil tayyor bo’lgach, o’sha sahifaning URL-manzilini (havolasini) nusxalab oling.
  4. Endi tanlov uchun ariza berish kerak bo’ladi. Bu yerga kirib, “Enter the Contest” tugmasini bosing va yuqoridagi qadamda nusxalab olingan URL-manzilni kiriting.
  5. Eslatma: g’olibni aniqlashda inshoning sifati va to’plangan ovozlar hamda inshoga bildirilgan fikrlar inobatga olinadi. Shuning uchun, profilingizni do’stlaringizga ham yuborib, ovoz berishlarini so’rashingiz mumkin.

MUHIM: Tanlovga qatnashishdan oldin tanlov haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!