×

Insholar tanlovi: Yutuq – pul mukofoti hamda Yaponiyaga tekin sayohat!


Grant

MUHLAT

15.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

7953 marta

Yaponiyaning Goi tinchlik fondi (Goi Peace Foundation) 25 yoshgacha bo’lganlar uchun navbatdagi insholar tanlovini e’lon qildi. Ushbu tanlov fond tomonidan har yili o’tkaziladi hamda dunyo yoshlari orasida madaniy jihatdan hamjihatlik hamda barqaror rivojlanish kabi ijobiy g’oyalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.

Tanlov qatnashchilari 2 kategoriyaga bo’linadi:

  1. Bolalar kategoriyasi. Ushbu kategoriya bo’yicha 14 yoshgacha bo’lgan bolalar o’z insholarini topshirishi mumkin.
  2. Yoshlar kategoriyasi. Ushbu kategoriya bo’yicha 15-25 yoshli yoshlar o’z insholarini topshirishi mumkin.

Insho mavzusi: Insho «The Change I Want to Make» mavzusida yozilishi kerak. Unda muallif quyidagi savollarga javob berishi kerak: What is the one thing you would like to change the most to make your school, workplace, community, country or the world a better place? How would you bring about that change? Please share your concrete ideas.

Grant kimlar uchun?

25 yoshgacha bo'lgan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bolalar va yoshlar kategoriyasi bo’yicha g’oliblar quyidagicha mukofotlanadi:

  1. 1-o’rin (1 nafar) – diplom, esdalik sovg’alari va 100 ming yen (taxminan 900 AQSs dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan;
  2. 2-o’rin (2 nafar) diplom, esdalik sovg’alari va va 50 ming yen (taxminan 450 AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
  3. 3-o’rin (5 nafar) – diplom va esdalik sovg’alari.
  4. O’ziga xos insholar egalari (25 nafar) – diplom va esdalik sovg’alari.
  5. 1-o’rinni olganlar 2018-yilning 23-noyabrida Tokyoda bo’lib otadigan taqdirlash marosimiga taklif qilinadi hamda ularning Yaponiyaga borish va kelish xarajatlari qoplab beriladi. Qolgan o’rinlar ham taqdirlash marosimida bemalol qatnashishi mumkin, faqat ularning yo’l xarajatlari qoplab berilmaydi.

Talablar:

Nomzod 2018-yilning 15-iyuniga qadar ko’rsatilgan kategoriyalar bo’yicha belgilangan yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.

Ishno quyidagi  talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Insho ingliz, fransuz, ispan, nemis yoki yapon tilida bo’lishi kerak.
  • Insho yapon tilida bo’lsa, eng ko’pi 1600 ta belgidan, qolgan tillarda bo’lsa, 700 ta so’zdan oshib etmasligi kerak. So’zlar soniga insho nomi va insho qoplamasi (Cover Letter) dagi yozuvlar qo’shilmayd.
  • Insho qo’lda yozilishi yoki kompyuterda yozilishi mumkin.
  • Insholar DOC yoki PDF formatda topshiriladi. Qo’lda yozilgan insho skaner qilinib, PDF shaklida topshiriliashi kerak. Shuningdek, insholar qog’oz shaklida pochta orqali ham yuborilishi mumkin.
  • Insho ko’chirilmagan va chop etilmagan bo’lishi kerak. Plagiat tekshiruvi o’tkaziladi va plagiat aniqlangan insholar chiqarib tashlanadi.
  • Insho bir kishi tomonidan yozilgan bo’lishi lozim. Ikki va undan ortiq muallif tomonidan birgalikda yozilgan insholar qabul qilinmaydi.
  • Insholar muallif tomonidan shaxsan topshirilishi yoki o’qituvchi o’z guruhi o’quvchilarining insholarini yig’ib olib, ularni birga topshirishi mumkin.
  • Agar insho email orqali elektron shaklada emas, pochta orqali yuborilsa, uning ustida albatta insho qoplamasi (Cover Letter) bo’lishi kerak. Qoplama erkin shaklda bo’ladi lekin u quyidagi ma’lumotlarni albatta o’z ichiga olishi kerak:
    – Insho kategoriyasi (Bolalar yoki Yoshlar);
    – Insho nomi;
    – Muallif ism-familiyasi;
    – Muallif yashash manzili;
    – Telefon raqami va email manzili;
    – Fuqaroligi (qaysi davlatdan ekanligi):
    – 2018-yil 15-iyunda necha yosh bo’lishi;
    – Jinsi;
    – Maktab nomi (agar bo’lsa);
    – Insho nechta so’zdan iboratligi haqidagi ma’lumot.
  • O’qituvchi o’zining guruhidagi o’quvchilar nomidan insholar to’plamini qog’oz shaklida yuborishi mumkin. Bunda o’qituvchi insho mualliflari ism-familiyasi, yoshini hamda o’z ismi-familiyasi va kontaktlarini yozib qoldirishi kerak.
  • Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan insholar tanlovga qabul qilinmaydi.
  • Tashkilotchilar insholarni qabul qilganligi haqida mualliflarni ogohlantira olmaydi. Mualliflar natijani faqat e’lon qilingandan keyin bilishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Insholar elektron shaklda topshirilishi yoki qog’oz shaklida pochta orqali yuborilishi mumkin. Elektron shaklda topshirish uchun avval fond saytida ro’yxatdan o’tilishi kerak. Keyin insho DOC yoki PDF formatda topshiriladi.

Qog’oz shaklidagi insholar pochta orqali quyidagi manzilga yuboriladi:

Heiwa Daiichi Bldg. 1-4-5 Hirakawacho
Chiyoda-ku, Tokyo 102-0093 Japan
Tel: +81 3 3265 2071

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!