×

Inson huquqlari sohasida Kolumbiya universitetida magistraturada o’qish!


Grant

MUHLAT

05.05.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1620 marta

Kolumbiya universiteti inson huquqlari sohasida mutaxxassislar tayyorlash, xalqaro ta’lim va ilmiy tadqiqotlar o’tkazish bo’yicha yuqori ko’rsatgichlarga ega universitetlardan biri hisoblanib, keying o’n yillikda malakali mutaxassisliklar yetkazib berish bilan nom qozongan. Kolumbiya Universiteti qoshidagi Inson Huquqlarini O’rganish Instituti inson huquqlarini o’rganish bo’yicha maxsus magistratura kurslarini taklif qiladi. Ushbu kurs inson huquqlari nazariyasi va amaliyotini ilmiy o’rganishga yo’naltirilgan. Studentlar ushbu institut taklif etayotgan kurslarni, va qo’shimcha tarzda antropologiya, tarix, siyosat, din va sotsiologiya fakultetlaridan ham kurslarga qatnashishi mumkin. 30-creditlik ushbu dastur to’liq yoki to’liqsiz shaklda tamomlanishi mumkin. Bitiruvchi studentlar kurs ishini topshirishlari kerak bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

INSON HUQUQLAR SOHASIDA MAGISTRATURA DARAJASI OLISHNI XOHLOVCHILAR UCHUN.

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant miqdori: Universitet stipendiyalari haqida SHU YERDAN bilib olish mumkin.

Talablar:

Hujjat topshirish tartibi: Rezyume, O’qishdan maqsad (Statement of purpose) 800-1000ta so’zdan iborat bo’lgan esse. Academic writing (8-10 sahifa, 150ta so’zli abstract), ikkita tavsiyanoma, diplom ilovasining elektron shakli, Ingliz tilida bo’lmagan diplom ilovalari ingliz tiliga tarjima qilinib, asl va tarjima nusxasi onlayn jo’natilishi kerak. IELTSdan 7.5, TOEFL ibtdan 100, TOEFL pbtdan 600 ball talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar onlayn topshiriladi

Qo’shimcha savollarni humanrightsma@columbia.edu manziliga yo’llash tavsiya etiladi.

Tel: +1 212 854 24 79

Fax: +1 212 851 16 39

E-mail: ishr@columbia.edu

Manzil: NY10027, New York, Klermont avenyusi 91-uy, Inson Huquqlarini O’rganish Instituti

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!