×

Ayol-qizlarni STEM sohasiga targ’ib qiluvchi loyihalar uchun 50 000 AQSh dollar pul mukofoti va Londonda bepul sayohat


Grant

MUHLAT

09.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3611 marta

Inspiring Women in Science awards dunyo boʻylab barcha yosh ayol-qizlarning STEM fanlari (tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, matematika va tibbiyot) bilan shugʻullanishi va ilm-fanda koʻplab yutuqlarga erishishini qoʻllab-quvvatlovchi tanlovdir.

Tanlov 2 turda boʻlib oʻtadi:

  • Science Outreach Category. Bunda STEM sohasidagi ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlovchi barcha tashabbus va loyihalar qabul qilinadi (loyiga egalari erkaklar ham, ayollar ham yoki tashkilotlar ham boʻlishi mumkin).
  • Scientific Achievement Category. Bunda esa ilm-fanga sohasidagi tadqiqotchi ayol-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovning asosiy maqsadi Estée Lauder Companies bilan hamkorlikda ayollarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini kengaytirish, shuningdek, ularni STEM sohasi bilan shugʻullanishga undash va qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Grant kimlar uchun?

Ayol-qiz tadqiqotchilar, ayol-qizlarning STEM sohasida oʻqishi yoki ishlashini ragʻbatlantiruvchi loyihalar va tashabuslar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning har ikkala tur gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

  • 50 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti.
  • Londondagi taqdirlash marosimiga taklifnoma. Bunda turar joy va yoʻl xarajatlari tashkilot tomonidan qoplanadi. Bunday tadbir oʻtkazish mumkin boʻlmagan taqdirda muqobil virtual taqdirlash marosimi oʻtkaziladi.
  • Gʻoliblar ishlari Nature.com saytida yoritiladi.
  • Tanlov gʻoliblari The Estee Lauder Companies olimlariga oʻz ishlari yoki loyihalarini taqdim etishi va ushbu kompaniya yordami bilan ish oʻrganishlari mumkin.

Qisqa roʻyxatga kiritilgan nomzodlar:

  • Nature Award veb-saytida oʻz profiliga ega boʻladi.
  • Eksklyuziv mentorlik va tarmoq hamjamiyatiga kirish imkoniyati beriladi.

Tanlovning avvalgi yillardagi gʻoliblari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Talablar:

Science Outreach Category turida qatnashish uchun talablar:

  • Ushbu toifada turli tashkilot, boʻlim, jismoniy shaxslar (har qanday jinsdagi) jamoa tarzda ishtirok etishi mumkin. Lekin jamoa bilan bogʻlanish hamda taqdirlash marosimida gʻolib loyihaning taqdimoti uchun bitta vakilni koʻrsatilishi kerak.
  • Loyihalar yosh ayol-qizlarni tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, matematika va tibbiyot bilan shugʻullanishga daʼvat etishi kerak.
  • Shuningdek, fanlararo komponentni oʻz ichiga olgan arizalar ham qabul qilinadi.
  • Arizalar maxsus hakamlar tomonidan loyiha tavsifi va kelajakda muvaffaqiyatli natija bera olishiga koʻra baholanadi.

Scientific Achievement Category toifasi boʻyicha talablar:

  • Bunda fan nomzodi yoki tibbiyot darajasiga yoki boshqa turdagi doktorlik darajasiga ega ayol-qizlargina qatnasha oladi.
  • Nomzodlar doktorlik darajasini (tibbiyot darajasini yoki dissertatsiya boʻyicha boshqa turdagi doktorlik darajasini) tugatganiga 10 yildan oshmagan boʻlishi kerak.Ularning PhD (yoki tibbiyot darajasini) tugatganligi dissertatsiya va/yoki ogʻzaki imtihon topshirilgandan soʻng akademik hayʼat tomonidan dissertatsiya boʻyicha doktorlik dissertatsiyasi maʼqullangan sanadan boshlab hisoblanadi, bosqichni bitirgan sanasidan emas. Yuqorida koʻrsatilgan 10 yil hisoblanayotganda  har qanday tugʻruq taʼtillari  yoki boshqa tegishli taʼtillar chiqarib yuboriladi. Ariza topshirish jarayonida ushbu yillar tafsiloti koʻrsatilishi kerak. Agar nomzod ham PhD, ham tibbiyot darajasiga ega boʻlsa, eng soʻnggi berilgan bitiruv sanasidan boshlab hisoblanadi.
  • STEM (tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, matematika va tibbiyot) sohasida ishlaydiganlar qatnasha oladi. Shuningdek, fanlararo komponentni oʻz ichiga olgan arizalar ham qabul qilinadi.
  • Arizalar baholashda maxsus hakamlar ilmiy yutuqlar bilan birga loyihaning ilm-fanga targʻiboti hisobga oladi.

Tanlov ingliz tilida boʻlgani sabab har ikkala toifadagilar ham ingliz tilini yetarli darajada bilishlari kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 9-may tonggi 2:59 gacha qabul qilinadi. Talovda ishtirok etish uchun BU YERGA tashrif buyuring va kerakli boʻlimni (Science Outreach Category yoki Scientific Achievement Category) tanlab “Submit” tugmasini bosing. Saralangan nomzodlar roʻyxati 2023-yil sentyabr oyida, tanlovning mutlaq gʻoliblari esa oktyabr oyida eʼlon qilinadi.

Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil maʼlumot BU YERDA.

MUHIM: tanlovda qatnashishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon hamda savol-javoblar qismi bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi email manzilga murojaat qilishingiz mumkin:awards@nature.com 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!