×

Rossiya: Xarajatlar qisman qoplanadigan volontyorlar forumi


Grant

MUHLAT

10.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

4036 marta

2018-yilning 2-5-dekabr kunlari Rossiya poytaxti Moskvada bo’lib o’tadigan Xalqaro volontyorlar forumiga qatnashish uchun arizlar qabul qilinmoqda. Ushub forumga volontyorlik va fuqarolik tashkilotlar volontyorlari, jamoat aktivistlari hamda biror istalgan sohada volontyor bo’lishni xohlovchi yoshlar qatnashishi mumkin. Ushbu forumda rossiyalik va xorijiy ko’ngillilar ishtirok etishi mumkin hamda xorijiy ko’ngillilar uchun 500ta o’rin ajratilgan.

Forum dasturi 3 qismdan iborat: 1) biznes; 2) madaniyat; 3) amaliy qism.

Ishtirokchilar xayriya tashkilotlari, ijtimoiy va notijorat tashkilotlarga tashrif buyuradilar va ijtimoiy, tibbiy, ekologik va boshqa sohalardagi volontyorlik faoliyati nyuanslari (muhim jihatlari) bilan tanishish imkoniyatig ega bo’lishadi. Forum so’nggida galakonsert tashkillashtiriladi.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forum tashkilotlchilari ishtirokchilar uchun quyidagi xarajatlarni qoplab beradi:

  • Forum davomida bepul turar joy va oziq ovqat;
  • Forumda bepul qatnashish.

Forum ishtirokchilarining Moskvaga borish xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanmaydi va bu xarajat qatnashchining o’zi tominidan qoplanishi lozim.

Talablar:

Nomzod ushbu dasturda shtrok etishi uchun quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod 18-35 yosh oralig’ida bo’lishi kerak;
  • Nomzod volontyorlik tajribasiga ega bo’lishi kerak;
  • Barcha davlat yoshlari ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzod rus va ingliz tilini qoniqarli darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Forumda ishtirok etish uchun arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza topshirish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!