×

International Honours Welcome to Australia: bir yillik honours kurslarida o’qish uchun 7000 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1327 marta

Avstraliyada joylashgan Murdoch University tomonidan taqdim etiladigan International Honours Welcome to Australia grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Murdoch universitetida o’qitiladigan 1 yillik honours kurslariga (bakalavr kursidan keyingi qo’shimcha 1 yillik kurslar) qabul qilingan xorijlik talabalar uchun ajratilgan. Universitetda mavjud honours kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

1 yillik Honours kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga o’qish to’loviga sarflash uchun 10 000 Avstraliya dollari (taxminan 6 978 AQSh dollari) miqdorida grant beriladi. O’qish to’lovi qancha?

Talablar:

  • Bu yerda ko’rsatilgan vaziyatlarda talabaga grant berilmaydi.
  • Honours kurslariga qabul qilinish uchun nomzod honours kursi yo’nalishiga mos bo’lgan bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod bakalavr kursining oxirgi yilida yaxshi yoki a’lo baholarga o’qigan bo’lishi zarur.
  • Honours kurslariga qabul talablari fakultetlarga qarab bir-biridan farq qilishi mumkin. Ma’lum kurs uchun qabul talablarini batafsil bilib olish uchun kerakli yo’nalishga qabul uchun mas’ul shaxs bilan bog’laning.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun ingliz tilini aynan qanday darajada o’zlashtirganlik talab etilishi haqida batafsil ma’lumot bu yerda

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Honours kurslariga hujjat topshirgan barcha talabalar grant uchun ham nomzodlikka qo’yiladilar. O’qishga qabul qilingan talabalar orasidan eng yuqori ko’rsatkichlarga ega talabalarga grant belgilanadi.

Honours kurslariga arizalar bu yerda qabul qilinadi. Onlayn ariza topshirish uchun ushbu ariza shaklini to’ldirish zarur. 2021-yil sentyabrda boshlanadigan honours kurslariga arizalar qabuli hozir ochiq. Arizalar kurslar to’lgunicha qabul qilinadi.

Murojaat uchun +61 8 9360 6000 raqami bilan bog’lanishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!