×

International ILEM Summer School: Turkiyada barcha xarajatlari qoplanadigan 1 haftalik yozgi maktab!


Grant

MUHLAT

01.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

3327 marta

Har ikki yilda bir marta Turkiyada oʻtkaziladigan ILEM xalqaro yozgi maktabi Islom olamiga oid asosiy masalalarni muhokama qilishga qaratilgan boʻlib, butun dunyodan boʻlgan olimlar, tadqiqotchilar va sanʼat sohasi vakillarini bir yerga toʻplaydi.

Bu yilgi yozgi maktab 2023-yil 24-30-iyul kunlari Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi.

Yozgi maktabdagi barcha maʼruza, seminar, muhokama va taqdimotlar ingliz tilida amalga oshiriladi.

Bu yilgi yozgi maktabning kengaytirilgan mavzusi quyidagicha: Rethinking Art and Aesthetics in the Islamic World: Concepts, Theories, and Practices.

Shuningdek, ushbu kengaytirilgan mavzu oʻz ichiga 20 dan ortiq kichik mavzularni qamrab oladi. Bu kichik mavzular bilan BU YERDA batafsil tanishing (“Topics of IISS 8” boʻlimiga qarang).

Yozgi maktabda ishtirok etmoqchi boʻlganlar maktab mavzulariga oid biror ilmiy ish (maqola) yozish boʻyicha taklif / abstrakt topshirishi lozim. Nomzodlar keyinchalik shu taklif / abtrakt asosida ilmiy ishini yozishi kerak va yozgi maktab davomida shu ilmiy ishi asosida taqdimot qiladi.

Grant kimlar uchun?

Tegishli sohalardagi PhD talabalari va faoliyatini boshlaganiga koʻp boʻlmagan olimlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan nomzodlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Ishtirok etish bepul.
  • Bepul turar joy taʼminlanadi.
  • Bepul oziq-ovqat taʼminlanadi..
  • Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
  • Turli madaniy va ijtimoiy tadbirlarda qatnashish xarajatlari ham qoplanadi.
  • Agar ishtirokchining Turkiyaga borishi va kelishi xarajatlari oʻzi faoliyat yuritayotgan muassasa tomonidan qoplanmasa, bu xarajat ham yozgi maktab tashkilotchilari tomonidan qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tegishli sohalar (yozgi maktab mavzulari) boʻyicha tadqiqot olib boruvchi yoki faoliyat yurituvchi PhD bosqichi talabalari va oʻz faoliyatini boshlaganida koʻp boʻlmagan olimlar ariza topshirishi mumkin. Yozgi maktab mavzulari bilan BU YERDA batafsil tanishing (“Topics of IISS 8” boʻlimiga qarang).
  • Nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak. Nomzodlardan ingliz tilida ilmiy ish (maqola) uchun taklif  / abstrakt, keyinchalik ilmiy ishning oʻzini taqdim etishi hamda yozgi maktabda shu ilmiy ish asosida taqdimot qilish talab etiladi.
  • Nomzodlar 2023-yil 24-30-iyul kunlari Istanbulga borib, yozgi maktabda ishtirok eta olishi kerak. Onlayn qatnashish imkoniyati yoʻq.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga qabul jarayoni 4 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: ariza topshirish. Arizalar onlayn tarzda 2023-yil 1-maygacha qabul qilinadi. Nomzodlar onlayn ariza shaklini toʻldirishi va ilmiy ish (maqola) taklifi / abstraktini topshirishi kerak. Abstrakt 900 soʻzdan kam va 1200 soʻzdan koʻp boʻlmasligi, 5-7 ta kalit soʻzni oʻz ichiga olishi kerak. Ariza topshirish va abstraktga qoʻyilgan talablar bilan batafsil tanishish uchun BU YERGA kiring.

2-bosqich: baholash. Bunda topshirilgan ishlar yozgi maktab ilmiy komissiyasi tomonidan tekshirib, baholanadi. Qabul qilingan abstraktlar 2023-yil 15-mayda eʼlon qilinadi.

3-bosqich: ilmiy ishni (maqolani) topshirish. 2-bosqichdan oʻtgan nomzodlar endi toʻliq ilmiy ishini topshirishi kerak boʻladi. Ilmiy ishlar 2023-yil 1-iyungacha topshirilishi lozim.

4-bosqich: ilmiy ishlarni baholash. Bunda ilmiy ishlar tekshirib, baholanadi va yozgi maktabda ishtirok etish uchun nomzodlar saralab olinadi. Qabul qilingan nomzodlar 2023-yil 30-iyungda eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: iiss@ilem.org.tr

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!